Najm ul-Din Abulqosim Ja'far bin al-Hasan bin Yahyo bin al-Hasan bin Said, al-Muhaqqiq al-Hilli va al-Muhaqqiq al-avval nomi bilan mashhurdir.[1] Iroqning al-Hilla shahrida nufuzli shia mujtahd oilasida tugilgan. U oʻn ikki shialiklarning huquqiy taʼlimot asarlarini shakllantirishda muhim rol oʻynagan. Uning “Sharai ul-islom” nomli huquqiy qo‘llanmasi o‘ttizdan ortiq sharhlovchilarni o‘ziga jalb etgan holda alohida ta’sir ko‘rsatgan.

Muhaqqiq Iroqning al-Hilla shahrida umrining ko‘p qismi o'tkan,u taniqli shia huquqshunoslari oilasida tug‘ilgan. U otasidan ilohiyot, fiqh va usulul fiqhdan bilimlar o‘rgangan. Muhaqqiq bu yerdagi shia seminariyasiga rahbarlik qiladi; Nosiriddin at-Tusiy Hulagu vakili sifatida shaharga tashrif buyurganida, Muhaqqiqga shaharning ilm-fan elitasi vakili sifatida murojaat qilgan.

Intellektual natija tahrir

Muhaqqiq oʻz hayoti davomida fiqh va usulul fiqhdan tashqari, axloq, ilohiyot, filologiya va hatto bir necha jildli ilmiy qo'lanmalar yaratgan

Uning bugungi kungacha eng muhim mashxur asari huquq bo'yicha keng tarmoqli qo'llanma bo'lgan Shara'i ul-islomdir . Bu, asar, shialarning eng muhim huquqiy asarlaridan biri hisoblanib, olimlar tomonidan yozilgan sharhlarning ko‘pligi (o‘ttizdan ortiq) ko‘rinib turibdi. U asar fors va rus tillariga tarjima qilingan va Britaniya Hindistonida shia musulmon qonunining asosi sifatida ishlatilgan.. U bu qonunni to'rt toifaga ajratadi: ibodat (masalan, namoz, ro'za), ikki tomonlama huquqiy hujjatlar (masalan, nikoh), bir tomonlama huquqiy hujjatlar (masalan, taloq) va qoidalardir (masalan, meros). Bu qonunga boshqa huquqshunoslar ham amal qilganlar.[2]

Uning yana bir muhim asari “Usulul-fiqh” (fiqhiy metodologiya) sohasida yozilgan “Maʼarij ul-usul” dir. Bu asarda u o'sha davridagi shia faqihi ( mujtahid )ning Qur'on, hadis va o'n ikki imomning so'zlaridan shariatni to'g'ri tushunishda markaziy o'rin tutganini ta'kidlaydi. Shu bilan birga, Muhaqqiqning huquq nazariyasi huquqiy metodologiyaga mos yondashuvda. Holbuki, undan oldin mujtahidning emas, hadisning hukmiga itoat qilingan.[3]

  1. Al-Nafi' fi muxtasar ash-sharayi'
  2. Al-Mu'tabar fi sharh muxtasar an-nafi'
  3. Al-maarij fi usul al-fiqh
  4. Nahjul vusul ila ma'rifat ilm al-usul
  5. "Talxis al-fihrist", ya'ni "al-Fihrist" ning qisqartirilgan nashri, ash-Shayx at-Tusiy .
  6. Istihbob at-tayasur li-Ahl al-Iroq
  7. Sharh nukat al-nihoya
  8. Al-Kuhna fi al-mantiq
  9. “Muxtasar al-marosim”, “al-Marasim” ning qisqartirilgan nashri, Sallar b. Abdulaziz al-Daylamiy.
  10. Al-Masoil al-Qaryo
  11. Al-Masoil al-misriyya
  12. Al-Maslak fi usul al-din
  13. Nukat al-nihoya[4][5]

Manbalar tahrir

  • Kalder va boshqalar. (2003) Klassik Islom: Manba kitobi. London: Routledge.
  • Kohlberg, E. XELLI, NAJM-AL-DIN ABU'L-QASEM JA'FAR . Entsiklopediya Iranika. ( http://www.iranica.com/ (Wayback Machine saytida 2019-04-16 sanasida arxivlangan) 28.09.2009 dan foydalanilgan)

Manbalar tahrir

  1. Calder et al. (2003) Classical Islam: A Sourcebook, p.219
  2. Kohlberg, E. ḤELLI, NAJM-AL-DIN ABU’L-QĀSEM JAʿFAR. Encyclopedia Iranica. (http://www.iranica.com/ (Wayback Machine saytida 2019-04-16 sanasida arxivlangan) accessed 28.09.2009)
  3. Kohlberg, E. ḤELLI,NAJM-AL-DIN ABU’L-QĀSEM JAʿFAR. Encyclopedia Iranica. (http://www.iranica.com/ (Wayback Machine saytida 2019-04-16 sanasida arxivlangan) accessed 28.09.2009)
  4. Mudarris, Rayhana al-adab, vol.5 p.235
  5. „Al-Muhaqqiq al-Hilli“. WikiShia (2015-yil 11-mart). Qaraldi: 2015-yil 2-may.