Huloku
Huloku, Hulagu, Hulokuxon, Halokuxon (1217, Moʻgʻuliston — 1265.8.2, Marogʻa, Eron) — Hulokuiylar davlati va sulolasi asoschisi. Chingizxonning nabirasi, Tulixonning 4-oʻgʻli. Moʻgʻulistonda tugʻilgan. Yoshligidan harbiy yurishlarda qatnashgan. H. Ulugʻ qurultoyning qarori bilan Amudaryodan kechib oʻtib (1256), qisqa vaqt ichida hozirgi Afgʻonistonning bir qis-mini, Eron, Iroq, Zakavkazye, kichik Osiyo yerlarini bosib olgan (1256— 58). 1256 yil oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan; H. nomigagina ulugʻ qoonga boʻysungan, undan elxon unvonini olgan. H. shomoniylikka eʼtiqod qilsa-da, boshqa dinlarni taʼqib etmagan. Ismo-iliylar davlatinn (1256) va Abbosiylar xalifaligini (1258) butunlay tor-mor qilgan. Soʻnggi xalifa — Mustaʼsimni qatl etgan. 1260 yil moʻgʻul qoʻshinlari Suriyaga bostirib kirgan, lekin Falastinda boʻlgan jangda Misr qoʻshinlari (mamluklar) tarafidan yengilgan. 1262 yil Oltin Oʻrda bilan urush olib borgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |