Munozara:Bankers.uz

Eng oxirgi fikr: 2 yil oldin (Jamshid Nurkulov tomonidan „Bankersuz OAV haqida“ mavzusida)

Oʻchirishga tahrir

Bankers.uz (tahrir | munozara | tarix | himoya | oʻchirish | ishoratlar | kuzatuv | qaydlar | koʻrishlar)
Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi

Maqola ensiklopedik ahamiyatga molik emas. Keltirilgan manbalar esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan iborat. Malikxan munozara 11:30, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish

Nima sababdan ensiklopedik ahamiyatga molik emas. Ahir Internet nashr. Va u to'g'ridagi ma'lumot onlayn ensiklopediyada bo'lishi kerak deb hisoblab, shu maqolani kiritdim Janob Mirzaolim (munozara) 11:38, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish
Bu sayt hech qanday nufuzli manbalarda yoritilmagan. Iltimos, VP:Ensiklopedik ahamiyat hamda VP:Nufuzli manbalar sahifalari bilan tanishib chiqing. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar manba boʻlmaydi. Malikxan munozara 11:42, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish
Lekin saytning mavjudligi haqiqat-ku. Siz aytgan manbalar bilan ham tanishib chiqaman. O'zbek tilida maqola ko'paygani yaxshi emasmi? Hech qanday boshqa maqsad ko'zlanmagan holda ushbu maqola yaratilgan edi. Menimcha o'chirilmagani ma'qul Janob Mirzaolim (munozara) 11:59, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish
Sayt mavjud boʻlsa, u haqda maqola yaratilishi kerakmi? Men ham sayt ochib, maqola yaratishim kerak ekanda unda. Vikipediya har kim hissa qoʻsha oladigan onlayn ensiklopediyadir, unda faqat ensiklopedik ahamiyatga molik maqolalar yaratilishi lozim. Niyatingiz ezgu va foydali hissa qoʻshmoqchi ekanligingizdan xursandman! Bemalol, oʻzingizni qiziqtirgan mavzuda ensiklopedik ahamiyatga molik maqolalar yaratishingiz mumkin. Tushunmagan joyingiz boʻlsa, bemalol soʻrayvering. Bankers.uz maqolasiga kelsak, yuqoridagi aytib oʻtganimdek, maqoladagi sayt ensiklopedik ahamiyatga molik emas. Malikxan munozara 12:16, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish
Agar bu ensiklopedik ahamiyatga ega bo'lmasa, Kun.uz, Daryo.uz haqidagi ma'lumotlarni ham o'chirib tashlaylik Janob Mirzaolim (munozara) 11:40, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish
Kun.uz — ensiklopedik ahamiyatga ega sayt. Malikxan munozara 11:43, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish

Bankersuz OAV haqida tahrir

Assalom alaykum, bu maqola haqiqatdan mavjud internet nashri haqida berilgan va ommabop deb hisoblayman, Wikipedia ga kirgan òzbek foydalanuvchilar uchun kerakli hisoblanadi 62.209.132.79 12:36, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish

Shunday deb hisoblashingizdan mamnunman. Ushbu vebsayt haqida oʻzining ijtimoiy tarmoq sahifalaridan boshqa nufuzli manbalar uyoqda tursin, biror manba keltira olasizmi? Malikxan munozara 12:41, 22-Fevral 2022 (UTC)Javob berish
Bu maqola Ensiklopedik ahamiyatning biror kriteriyasiga mos emas, o‘chirish tarafdoriman. Jamshid Nurqul (munozara) 12:47, 23-Fevral 2022 (UTC)Javob berish
„Bankers.uz“ sahifasiga qaytish.