Munozara:Muhammad
Mazkur sahifa Muhammad maqolasini yaxshilash masalalari muhokama qilinadigan munozara sahifasidir. |
Sahifalar siyosatlari
|
Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi |
„Muhammad“ maqolasi Vikipediyaning barcha til boʻlimlari uchun umumiy kerak boʻlgan maqolalar roʻyxatiga kiradi. Uni tanlangan maqola darajasiga yetkazish Oʻzbekcha Vikipediya boʻlimi ishining muhim yoʻnalishi hisoblanadi. |
Muhammad (s.a.v.)
tahrirIltimos Muhammad (s.a.v.)deb qoyilgan rasmni olib tashlangla chunki bu musulmonchilikka togri kelmaydi Quron va hadislar boyicha paygambarlarimizni aks ettirish bu katta gunoh shuning uchun keling Ollohni qahriga yoliqmili shi gunoh ishni qilib yana qaytarib etaman rasmni olib tashlangala ozi shu maqola rus va ingliz tilida keltirilib u yerda ham kop rasmlar keltirilgan ularga shuncha gapirildi lekin kor qilmayapti lekin OZBEKISTON musulmon davlatku....... — Bu xabarni 147.46.21.105 (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- 1. Surat Usmonlilar imperiyasida chizilgan, yaʼni musulmon davrda va oʻlkada.
- 2. Suratda Muhammadning yuzi berkitilgan.
- 3. Vikipediya diniy sayt emas, yoqmasa ishlatmang. Abdullamunozara 06:59, 18 fevral 2008 (UTC)
Hurmatli Musulmon birodarlar! Bu maqola musulmon odam tomonidan, islomiy manbalar asosida yozilgani shubha ostidadir. Bunga sabab - muallifning musulmonlarga sekulyar mafkurani singdirishga harakati (dinni davlatdan, davlatdan dinni ajratish siyosati; musulmonlar orasida birinchilardan turklarda davlat miqyosida qo'llangan; turklar esa o'z navbatida shubhali tarzda frantsuzlardan olgan mafkura; Turkiyada o'qigan ba'zi talabalarga o'z ta'sirini o'tqazgan) yaqqol sezilib turadi. Islom dinini o'rganib, unga amal qulmoqchi bo'lganlar, insha Alloh, to'gri yo'ldagi ustoz olimlarimizdan dinni o 'rganishadi (internet orqali esa ishonchli saytlardan, masalan, http://www.islom.uz yoki http://www.muslimaat.uz). Viki agar haqiqatan bizning yurtda ta'qiqlangan bo'lsa, bunda ham bir yaxshilik bor (ushbu maqola misolida).--Hyperione 16:43, 24 fevral 2008 (UTC)
Abdulla, turklarni bizga misol qilish shart emas. Agar maqola turkchada, turklar uchun bo'lsa - bemalol. Siz vaqt ummoniga cho'kib, biroving esida qolmaysiz, ammo Rasullulloh janoblari - qiyomatgacha butun insoniyatga Allohning marhamati bo'lib qoladilar. --Hyperione 16:43, 24 fevral 2008 (UTC)
- Vikipediya diniy sayt emas, diniy senzura taʼsirida ham emas. Bu yerga Muhammadning kimligini oʻrganish uchun kirgan odam mutaassib musulmondir va paygʻambarining suratini koʻrib gʻazablangusi, deb oʻylasangiz, tibbiyot ojiz. Abdullamunozara 19:40, 25 fevral 2008 (UTC)
- Vikipediyaning diniy sayt emasligi aniq. Lekin khuddi shu Vikipediyaning biror mafkura ostida emasligini men shubha ostiga qo'yaman. Yuqorida aytganimdek, qomusda sekulyar mafkurasini joriy etishga harakat (sizning misolingizda), afsuski, ko’rinib turibdi. Sizga bu gapning nima anglatishini tushuntirish hojat emas deb o’ylayman. Ma’lumki, o’zbeklarining aksariyatini musulmonlar tashkil etadi (faqat manba so’ramang, buni o’zingiz yaxshi bilasiz). Shunday ekan, asosan o'zbeklar o'qishi uchun (yoki bizdan ko’p o’zbekcha o’qiydigan xalq paydo bo’ldimi?) mo'ljallangan resursda ko'pchilik o'zbeklarga, ularining urf-odati, madaniyati, su qatorda diniy qarashlariga to'gri kelmaydigan holatda ma'lumot berilayotganini qanday baholasa bo’ladi? Hyperione 14:26, 26 fevral 2008 (UTC)
- Men Muhammad S.A.V.ning rasmlari deb atalayotgan rasm bilan ishim yo’q. Chunki bu rasm haqiqiy emasligi, buni Islom dini va Allohning rasuliga taalluqli emasligiga aminman. Meni xafa qilgan narsa, musulmonlar oldida shu narsani qizil latta qilib o’ynatib, ularni so’z erkinligini ta’qiqlaydigan, hamma narsani islom dini qolipiga solishga harakat qiluvchi, omi, johil, qoloq, terrorist qilib ko’rsatish uchun bilib-bilmay tez-tezlashdir. Biz so'z erkinligi deb, Daniya chop etilgan karikaturalarni ham chop etamizmi? Yoki o’zimizni to’xtatamizmi? Bu birovning (ayniqsa bundan qattiq ta'sirlanishi mumkin bo'lgan inson, masalan - siz) katta onasining yoshlikdagi surati deb, bir yalang’och qizning suratini ommaviy axborot vositalarida chop etishga qiyos qilsa bo’ladi (uni sevgan qo’shni Qobil bobo chizgan, vafotidan so’ng uni sandig’idan chiqdi deb).
- Agar sizni juda qiziqtirsa, Rus Vikipediyasida shu rasm bog’lamaga bossa keyin ko’rinadigan qilib qo’yilgan. Hyperione 14:26, 26 fevral 2008 (UTC)
- Vikipediyada ratsional ilmiy nuqtai nazardan yoziladi. Sekulyar (dunyoviy) ilm-fan nuqtai nazaridan. Zotan, dunyoviy boʻlmagan qarashlar ratsional emas.
- Yalangʻoch ona va Muhammad rasmlarini qiyoslashingiz nooʻrin. Zero, birinchi hol umuminsoniy etik muammoga doir boʻlsa, ikkinchi vaziyatda masala mifologik qarashga oiddir.
- Rus Vikipediyasi qoidalari - Rus Vikipediyasi uchun. Abdullamunozara 19:52, 26 fevral 2008 (UTC)
P.S. Munozarani davom ettiraman desangiz, bemalol. --Hyperione 16:43, 24 fevral 2008 (UTC)
- Vikipediya forum emas. Unda betaraf qomusiy axborot yigʻiladi. Abdullamunozara 19:40, 25 fevral 2008 (UTC)
- Viki yana nima emas? IAK haqidagi maqolani ko'ring, uyat emasmi? Hyperione 14:26, 26 fevral 2008 (UTC)
- Siyosat bilan qiziqmaganligim uchun aytganingiz maqola kuzatuv doiramdan tashqarida yotadi. Qolaversa, demagogiyani bas qilingiz. Abdullamunozara 19:52, 26 fevral 2008 (UTC)
- Viki yana nima emas? IAK haqidagi maqolani ko'ring, uyat emasmi? Hyperione 14:26, 26 fevral 2008 (UTC)
Men Saudiya wikipediyasiga kirdim. Unda har bir Muhammad (sallollohu alayhi vassalam) so'zidan keyin "sallollohu alayhi vassalam"- deyilgan edi. Bizning wikida O'zbekistondagi 30 mln musulmonga kundalang qilib quyib quyib, hurmatsizlarcha ismining o'zi yozilgan, xolos. Bizga bunday wikipedia kerak emas!!! Foydalanmaymiz!!! Ilhom Aliy Muhammad (munozara) 04:15, 22-Dekabr 2022 (UTC)
- Xayrli kun, „Saudiya Vikipediyasi“ yoʻq, boʻlishi ham mumkin emas. Arabcha Vikipediya lekin bor. Arab tilidagi maqolada s.a.v. uch martacha ishlatilgan. Adashmasam, uchala holatda ham s.a.v. iqtibos keltirilganda yoki mana shu hurmat belgisi haqida obyektiv maʼlumot berilganda qoʻllanilgan. Nataev munozara 07:32, 22-Dekabr 2022 (UTC)
Ўзбекча "Википедия"даги исломий сўзларни мусулмон ўзбеклар амалга оширишига шубҳам бор. Улар "Муҳаммад" сўзидан кейин "саллаллоҳу алайҳи васаллам", аслида "соллаллоҳу алайҳи васаллам" деб ёзишмаяпти. Ёки арабчада қисқа қилиб "ﷺ", "копировать" қилиб ҳар "Муҳаммад" сўзидан кейин қўшиб қўйишса олам гулистон. Sunnat aka (munozara) 03:43, 8-Fevral 2023 (UTC)
- @Sunnat aka; Vikipediyani faqat musulmonlar o'qimaydi. Agar bunday qilinsa, neytrallik qoidalari buzilgan bo'ladi. Salazarov (suhbat) 03:47, 8-Fevral 2023 (UTC)
Jumlada xatolik ketgan!
tahrirMuhammad(s.a.v.)ning 99 ismi bor deb yozib qoyilibdi. 99 ism allohga tegishli Identistry.uz.dilmurod (munozara) 15:12, 23-Dekabr 2020 (UTC)
- U zot sollallohu alayhi vasallamda ham 99 ism bor ayrim kitoblarda 1000 tagacha ham sanashgan Muhammadyusuf Abdumutalibov (munozara) 06:46, 8-Mart 2024 (UTC)
Xatolik ketgan Bobo Obidov (munozara) 15:57, 15-Fevral 2022 (UTC)
Расулуллоҳ ﷺ суратини олиб ташланг
tahrirРасулуллоҳ ﷺ нинг суратини олиб ташланг. Расмни ўчириш ҳеч қандай бетарафликни бузмайди ва уни олиб ташлаш учун овоз бериш википедия сиёсатидир, ўзбеклар мусулмонлар ва бу эрда Пайғамбар ﷺ нинг сурати борлиги жуда ҳақоратли
Чунинг учун мен арабча Википедия, Урдуча Википедия, Қозоқча Википедия ва ҳоказоларда бўлгани каби тасвирни ўчириш учун овоз беришимизни таклиф қиламан.
Ўзбекларни хафа қилиш ва Пайғамбаримиз ﷺни ҳақорат қилишнинг ҳожати йўқ. Бу бетарафлик эмас, бу нафрат нутқи Menshuyerdaman (munozara) 10:03, 22-Fevral 2023 (UTC)
- @Menshuyerdaman: Vikipediya diniy sayt emas. Bundan tashqari, Vikipediyada maqolalar faqat oʻzbeklar uchun emas, balki global oʻquvchi uchun yoziladi. Iltimos, yuqoridagi munozara bilan tanishib chiqing.
- Malikxan munozara 09:13, 28-May 2023 (UTC)
Suratni olib tashlang
tahrirSuratni olib tashlang McCruell (munozara) 12:25, 4-Sentabr 2023 (UTC)
- McCruell, yuqoridagi munozaraga nazar soling.
- Malikxan munozara 23:41, 4-Sentabr 2023 (UTC)