Ivan Vasilyevich Mushketov [1850.9 (21).1, Alekseyevskaya stanitsasi, hozirgi Volgograd viloyati1902.10(23). 1, Peterburg] — rus geologi va geografi. Peterburg konchilik institutini tugatgan (1872), 1877-yildan Geologiya qoʻmitasi adʼyunkt-prof. 1874-75, 1877-80 yillarda Oʻrta Osiyoning geologiyasini oʻrganib, bir necha foydali qazilma konlarini ochgan. Ilmiy izlanishlari natijasini "Turkiston" asarida (1—2 t., 1886-1906) bayon etdi. M. Oʻrta Osiyoning geologik va orografik tavsifini yezdi. Sirdaryo vodiysini oʻrgandi. 1881-yilda G.D.Romanovskiy bilan birgalikda Turkistonning geologik haritasini tuzdi. M., shuningdek, Kavkazning geologik tuzilishi, muzliklari, mineral suvlari va foydali kazilmalarini oʻrgandi. 1887 i. Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida boʻlib oʻtgan kuchli zilzilaning sabab va oqibatlarini tadqiq etdi. M. "Fizik geologiya" qoʻllanmasini ham yozgan (1888—91). M. nomiga Sibir, Oʻrta va Markaziy Osiyoda bir qancha geografik obʼyektlar (Mushketov togʻi, Mushketov muzligi va boshqalar) qoʻyilgan.

Manbalar

tahrir
  • "Fizicheskaya geologiya" (ch. 1—2, SPB, 1888—91, oxirgi nashri 1935); Vernenskoye zemletryaseniye 1887, SPB, 1890.

Adabiyotlar

tahrir
  • Vayner L. A., I. V. Mushketov i yego rol poznanii geologii Sredney Azii, T., 1954.