Muzaffar Soliyev
Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev (Музаффар Холдарбоевич Солиев, 1975-yil 22-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2021-2023-yillarda Nurafshon shahar hokimi, 2017—2021-yillarda Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri[1].
Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev | |
---|---|
Muzaffar Soliyev 2019-yilda | |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy, kommunal xizmatlar vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 5-iyuldan – 2021-yil 14-yanvargacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Oripov |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Sherzod Hidoyatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-may 1975-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
Unvoni | Polkovnik |
Biografiya
tahrir1997-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan[2].
1997—1999-yillarda Harbiy xizmatni oʻtagan.
1999—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi moddiy-texnik va harbiy taʼminot xizmatlarida turli lavozimlarda ishlagan.
2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari boʻlgan.
2017-yil 5-iyulda „Oʻzkommunxizmat“ agentligi negizida tashkil etilgan Uy-joy, kommunal xizmatlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „ishidagi kamchiliklar, qayta-qayta ogohlantirishlardan xulosalar chiqarilmaganligi uchun“ ishdan boʻshatilgan. Uning oʻrniga Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi[3]
15-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi va 2023-yil 6-aprelda ushbu lavozimdan ozod qilindi[4]. Shu kuni qamoqqa olingani aytilgan[5].
2024-yil mart oyi boshlarida uning ishi jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudida koʻrib chiqilishi boshlangan[6]. Sud hukmi bilan mamlakat Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasida (mansab soxtakorligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. 7 yillik qamoq jazosiga tortilishi bilan birga 3 yil mobaynida moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan ham mahrum etilgan. U soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib hujjatlar tuzish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar orqali pul mablagʻlarini naqdlashtirib, ularni uyushgan guruh aʼzolari oʻrtasida taqsimlash orqali moddiy daromad orttirish maqsad qilgani aytilgan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Нурафшон шаҳри ҳокими Музаффар Солиев ишдан олинган“. kun.uz.
- ↑ „САЛИЕВ Музафар Холдарбаевич“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
- ↑ Kun uz. „Шерзод Хидоятов будет назначен министром жилищно-коммунального обслуживания“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 4-mart.
- ↑ „Нурафшон шаҳри ҳокими Музаффар Солиев ишдан олинди“ (ru-UZ).
- ↑ „Бывший министр ЖКХ Узбекистана осуждён на 7 лет“.
- ↑ Muzaffar Soliyev ishdan olindi. U javobgarlikka tortilishi mumkin
- ↑ Sobiq vazir yetti yilga qamaldi