Nabil Abidalla (niderlandcha: Nabil Abidallah)(1982-yil 5-avgust, Amsterdam) – gollandiyalik futbolchi, futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Nabil yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan.

Nabil Abidalla
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 5-avgust 1982-yil (1982-08-05) (41 yosh)
Tavallud joyi Amsterdam, Gollandiya
Boʻyi 1.70 metr (5 ft 7 in)[1]
Ampluasi Yarimhimoyachi, Vinger
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999–2000 Ajax

Klubdagi faoliyati tahrir

Nabil Abidalla futbolchilik faoliyatini Amsterdamning „Ajax“ klubida boshlagan, ammo Abidalla hech qachon Amsterdamning asosiy jamoasi tarkibida oʻynay olmagan. 2000-yilda Nabil Ipsvich Taun klubida oʻynash uchun Angliyaga joʻnab ketgan. Toʻrt yil davomida Nabil „Ipsvich“ safida atigi 6 ta oʻyinda maydonga tushgan, uning debyuti 2001-yil 24-fevralda Angliya chempionatining „Everton“ ga qarshi oʻyinida boʻlib oʻtgan va oʻyin Ipsvichning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[2].

2004-yilning yanvarida Nabil Angliya uchinchi divizionida oʻynagan[3] Nortgempton Taun klubiga ijaraga oʻtgan[4]. Yozda futbolchi Ipsvichni klub bilan shartnimasi tugaganligi tufayli erkin agent sifatida tark etgan. Keyinchalik u Angliya quyi ligasi klublari Heybridge Swifts va Clacton tarkibida oʻynagan. Keyin Abidalla Gollandiyaga qaytib, Aalsmeer klubida oʻynay boshlagan.

„Fessberg“ tahrir

2008-yilda Nabil Shvetsiya futbol ligasining ikkinchi divizionida oʻynagan Shvetsiyaning Fessberg klubi bilan shartnoma imzolagan. Nabil jamoada beshinchi raqamda oʻynagan. Uning debyuti 13-aprel kuni Laholm klubi bilan oʻyinda boʻlib oʻtgan[5]. Chempionatning 3-turida Nabil klub uchun birinchi golini urgan[6]. Sentyabr oyida Lerier-Angereds bilan oʻyinda Abidalla faoliyatidagi ilk xet-trikini[7] amalga oshirgan.

Mavsum davomida u 19 liga oʻyinida 5 ta gol urgan[8]. Oʻzining ikkinchi mavsumida futbolchi juda kamdan-kam holda maydonga tushgan, u umumiy sakkizta oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan, asosan zaxiradan oʻyinlarga qoʻshilgan. Nabil oxirgi marotaba klub tarkibida 2009-yilning 12-sentyabrida Asmundtorpsga qarshi safar oʻyinida maydonga tushgan[9].

„Torres“ tahrir

2009-yil avgust oyi oxirida Abidalla Italiya C2 seriyasining Torres klubida koʻrikdan oʻtgan va keyinchalik klub bilan shartnoma imzolagan.

Manbalar tahrir

  1. Rothmans Football Yearbook: 2002–03. London: Headline, 2002 — 480 bet. ISBN 978-0-7553-1099-9. 
  2. „Ipswich Town — Everton 2:0“ (nl). www.vi.nl.
  3. „Nabil Joins Northampton.“ (en). twtd.co.uk. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.
  4. „Nabil Does Return.“ (en). thefootballnetwork.net. 2014-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.
  5. „Laholms FK — Fässbergs IF 0:1.“ (en). svenskfotboll.se. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.
  6. „Fässbergs IF — Ahlafors IF 1:3.“ (en). svenskfotboll.se. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.
  7. „Lärje-Angereds IF — Fässbergs IF 1:3.“ (en). svenskfotboll.se. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.
  8. „Skytteliga — Div 2 Västra Götaland, herrar. Skytteliga.“ (en). svenskfotboll.se. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.
  9. „Asmundtorps IF — Fässbergs IF 0:5.“ (en). svenskfotboll.se. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.