Namangan atlas aksiyadorlik jamiyati

Namangan Atlas aksiyadorlik jamiyati - Oʻzbekistondagi yirik toʻqimachilik korxonasi. „Oʻzbek ipagi“ uyushmasining „Shoyi“ aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Korxona, asosan, tabiiy ipak, sof ipakdan tayyorlangan milliy xonatlas, tandasi sof ipak va arqogʻi paxta ipli adras va beqasam gazlamalari hamda sof ipakdan qadimgi miniatyuralar tasvirlari bilan gilamlar ishlab chiqaradi. Jamiyat tarkibida pillakashlik, boʻyoqchilik, toʻquvchilik korxonalari bor.

1925-yilda mahalliy hunarmand, toʻquvchi kosiblarni birlashtirgan „Yangi rivojiya“ arteli tashkil etilgan. 1962-yilda korxona Namangan shoyi toʻqish fabrikasiga aylantirildi. 1971-yilda Namangan abrli shoyi toʻqimachilik kombinati, 1994-yildan hozirgi nomda. 1973-yillarda 202 t ipak ishlab chiqaradigan pillakashlik korxonasi, 1976—80 yilda 7,2 mln. milliy gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan boʻyoqchilik va toʻquvchilik korxonalari ishga tushirildi. 1994-yilda kombinat davlat tasarrufidan chiqarildi va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

1998-yilda pillani qayta ishlash jarayonida chiqqan chiqindilardan ipak tayyorlashga ixtisoslashgan „Silk Road“ OʻzbekistonYaponiya qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. 2002-yilda paxta ipi ishlab chiqaradigan „Channa-Teks“ Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonasi qurib bitkazildi. 2003-yilda esa Janubiy Koreyaning „Ay-Di-Zi“ korporatsiyasining zamonaviy pillakashlik avtomatlari oʻrnatilib, korxona quvvatlari oshirildi. Mahsulotlari xorijga eksport qilinadi.

Korxonada 1,6 mln. m tayyor gazlama (shundan 956 ming m ipak gazlama, 645 ming m ip gazlama), 65 t tabiiy ipak tayyorlandi (2002). Korxonada 3000 ga yaqin ishchimuxandis xodimlar ishlaydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil