Namib
Namib (portugalcha: Namibe, inglizcha: Namib) — Afrikaning jan.gʻarbiy sohillaridagi choʻl. Atlantika okeani sohili boʻylab, shim.da Namib shahri yaqinidan jan.da Olifants daryosi quyilish joyigacha 2100 km ga choʻzilgan. Eni 50–130 km. Yer yuzasi tekislik boʻlib, materik ichkarisiga zinapoyasimon koʻtarilib borgan (1000–1200 m). Sharqiy va shimoliy qismi qumli, janubiy toshloklichoʻl. Iklimiga qirgʻoq boʻylab oʻtgan sovuq Bengela oqimining taʼsiri bor. Eng iliq oyning oʻrtacha temperaturasi 17—19°, eng salqin oyniki 12—13°. Yillik yogʻin kam boʻlsada (10–100 mm), lekin havoning namligi yuqori. Namibni Kunane va Oranj daryolari kesib oʻtgan. Oʻsimliklari siyrak. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylarda baʼzi kserofit oʻsimliklar, akatsiya, aloe va boshqa oʻsadi. Olmos, uran konlari bor. Milliy boglar tashkil etilgan.[1]
Namib portugalcha: Namibe, inglizcha: Namib | |
23°0′0″S 15°0′0″E / 23.00000°S 15.00000°E | |
Mamlakatlar | Angola Namibiya Janubiy Afrika |
Joylashuvi | Afrika |
Uzunlik | 1 900 km |
Kenglik | 160 km |
Maydoni | 100 000 km² |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |