Namuna qishlogʻi
Namuna– Xorazm viloayti Xonqa tumanidagi 10 ta fuqarolar yigʻinidan biri hisoblanadi. Qishloqning umumiy yer maydoni 3.325 gekarni tashkil qiladi. Qishloqda yashovchi aholi 7500 kishidan ortiq.[1] Qishloq bir qancha elatlarni birlashtirgan. Bulardan; Turkiston, Dosh, Nonli, Zargar, Ollashboy, Killavush, Tuproq, Javza kabi qadimiy elatlar yashaydi.
Namuna | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Xorazm viloyati |
tuman | Xonqa tumani |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Avtomobil kodi | 90 |
Etimologiyasi
tahrirQariyalarning aytishicha bu yerni dastlab Turkiston deb nomlangan boʻlib keyinchalik namuna qishlogʻi nomiga oʻzgartirilgan. Turkiston deb nomlanganligini qariyalar shunday deb aytishadi. Janubiy Qozog'istonning Turkiston sharhidan 3 ta oila kelib oʻrnashgan va ular shu yerda yashab qolgangan. Vaqtlar oʻtishi bilan bu yerda insonlar koʻpayib, koʻchib kelgan aholi bu yerlarni oʻz ona yurtlari nomi bilan atashgan. 1931-yilda Tomadurvadik qishlogʻi bilan qoʻshildi.[2] Namuna qishlogʻi 1969-yilda Tomadurvadik qishlogʻiajratildi va uning bir qismi „Namuna“ deb aytila boshlangan boʻlsa qolgan qismi Tomadurvadik deb nomlangan.
Joylashuvi
tahrirQishloqni bir tomondan Amudadaryo qishlogʻi oʻrab tursa boʻlsa boshqa tomonida Xorazm fermerlik xoʻjaligi bor.[1] Janub tomondan Madir qishlogʻi bilan chegaradosh boʻlsa boshqa taraflardan Xonqa shaharchasi va Tomadurvadik qishloʻgʻi bilan Chegaradosh hisoblanadi. Qishloq hududidan Shovot, Xonqa arna, Kichikyop kanallaridan oqib oʻtadi. Aholi bu kanallardan ichimlik va sugʻorish maqsadida foydalanadilar.
Infratuzilma obyektlari
tahrirQishloqda 3 ta maktab va shuncha bolalar bogʻchasi va bitta kollej faoliyat yuritadi. Shu bilan birga Xiva gilam fabrikasining boʻlimi ham faoliyat yuritadi.
Qishloqning mashxur kishilari
tahrirQishloqda bir qancha fan va sanat arboblari yashaydi. Bulardan; Doʻstjon Matjanov, tarix fanlari doktorlari Nuriddin Qalandarov, Solay Oʻrinov, fan nomzodilari otaboy Sobirov, rahim Sobirov, beymamat Madrahimov va shoirlardan Shukur shoir Shoira qizi , Shoira Olmaxon Otajonovalar istiqomat qiladi.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |