Naqib madrasasi naqib guzarida joylashgan bo‘li, 44 hujrasi bo‘lgan. Hijriy 1209-yili (1794 — 1795) Amir Shohmurod davrida Muhammad Aminxoja naqib tomonidan qurilgan.

Mulla Abduxoliq madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi

tahrir

Mazkur o‘quv dargohi faoliyatiga tegishli to‘rtta hujjat topilgan. Ulardan ikkitasi qozikalon Mir Badriddin arznomasidir. Birinchisida Naqib madrasasi mudarrisi mulla Abdurauf mufti Shodimbiy madrasasiga yuborilgani, uning bo‘sh qolgan o‘rniga Ismoilxoja madrasasi mudarrisi qori mulla Sami' o‘tkazilayotgani bildirilgan. Maoshi 100 tilla bo‘lgan. Mulla Sami' oliy madrasalarda ko‘tarilishda davom etadi, keyinroq mulla Muhammad Sharif madrasasiga qori Yo‘ldosh muftining o‘rniga o‘tgan. Uning joyiga Dor ush-shifo madrasasi mudarrisi mulla Abdurahim kelgan. Bu hujjatda mudarris maoshi 2400 tanga ekani ko‘rsatilgan. Albatta, bu yerda kumush tanga nazarda tutilyapti va qiymati oldingisi bilan mos tushadi. Hijriy 1323-yil zulhijja oyida (1906-yil yanvar' — fevral') tuzilgan hujjatda bu madrasada hoji Ismoilxoja va undan oldin mulla Muhammad Zokir mufti dars o‘tgani haqida maʼlumot berilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 389.