Naseem Banu (1916-yil 4-iyul 18-iyun 2002-yil) − hindistonlik mashhur aktrisalardan biri boʻlgan. Banu hind kino olamida Naseem nomi bilan tanilgan[1]. Oʻzining aktrisalik faoliyatini 1930-yilning oʻrtalarida boshlagan. Naseem 1950-yilning oʻrtalariga qadar aktrisalik faoliyatini davom ettirgan. Uning birinchi filmi — Sohrab Modi bilan „Xon Ka Xon“ (1935) edi. Naseemning eng yuqori yutugʻi Modining „Pukar“ (1939) nomli filmida malika Nur Jahan rolini oʻynagani bo'lgan. Qoʻshiqchi Naushadning aytishicha, u Pari-Chehra (farishta yuz) Naseem deb nomlangan[2]. Naseemning onasi Saira Banu mashhur aktrisalardan biri boʻlgan[3].

Naseem Banu

Banu in the film Ujala (1942)
Tavalludi
Roshan Ara Begum

4-iyul 1916-yil
Delhida tugʻilgan.
Vafoti 18-iyun 2002-yil(2002-06-18)
(85 yoshda)
Mumbai, Maharashtra, India
Fuqaroligi Britaniya Hindistoni, Hindiston va Hindiston ittifoqi
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1935-1966-yillar
Turmush oʻrtogʻi Ehsan-ul-Haq
Bolalari Saira Banu
Sultan Ahmed

Naseem Banu 1916-yil 4-iyulda Hindistonning Old Delhi shahrida, sanatkorlar oilasida tugʻilgan. Uning onasi Chamiyan Bai oʻz davrining mashhur, shuningdek badavlat qoʻshiqchisi boʻlgan[4].

Naseem Dehlidagi Qirolicha Mariya oʻrta maktabida oʻqigan; onasi Shamshad Begum uni shifokor boʻlishni xohlagan[5]. Naseem filmlarda rol oʻynashga qiziqqan va aktrisa Sulochana (Ruby Myers) ga shogirdlikka tushgan. Naseemning bu sohaga qiziqishi, Bombaydagi suratga olinayotgan filmdan soʻng oshgan. Naseem filmlarda rol ijro eta boshlagandan soʻng, maktabga borishdan boshtortgan.

Faoliyati

tahrir

Naseem Bombeyga kelib, Sohrab Modi bilan filmda rol o'ynash uchun shartnoma imzolagan. U oʻz faoliyatini Khoon Ka Khoon (Gamlet) filmi bilan 1935-yilning oʻrtalarida boshlagan. Minerva Movietone bayrogʻi ostida Modi bilan bir nechta filmlarni suratga olgan. „Xon Bahodur“ (1937), Taloq (Ajralish) (1938), Meta Zaxar va Vasanti (1938) kabi filmlarda rol oʻynagach, Nur Jahon rolida eng mashhur "Pukar" nomil filmi ustida ishlay boshlagan. Film bir yildan koʻproq vaqtni olgan va Naseemga bu filmi ajoyib tarzda mashhurlik olib kelgan[6]. Uning qoʻshiqlaridan biri „Zindagi Ka Saaz Bhi Kya Saaz Hai“ tomoshabinlar orasida mashhur boʻlgan[7].

 
1949-yilda Naseem Banu tomonidan suratga olingan.

Klassik Pukarning Naseemga aktrisa sifatida talabi oshgan, shuningdek bir nechta kino studiyalar tomonidan ular bilan birga ijro etish uchun murojaat qilingan. Minerva tomonidan ishlab chiqarilgan Sheesh Mahal (1950) filmida qatnashadi[1]. Uning eng yaxshi filmlaridan biri Pukar (1939), Chal Chal Re Naujawan (1944), Anoki Ada (1948), Sheesh Mahal (1950) va Shabiston (1951) boʻlgan[8]. Naseem oʻsha davrdagi eng yirik yulduzlar Sohrab Modi, Chandra Mohan, Prithviraj Kapoor, Trilok Kapoor, Ashok Kumar, Shyam, Surendra, Navin Yagnik, Prem Adib va Rehman bilan birga filmda suratga tushishga ulgurgan. 1951-yil Shabiston filmining suratga olish jarayonida mashhur aktyor Shyam Naseemning koʻz o'ngida otdan qulab, vafot etgan[9]. Naseem „Sinbad Jahazi“ (1952) va „Baghi“ (1953) kabi bir nechta jangovar va fantastik filmlarni suratga olgan, ammo tomoshabinlarga manzur kelmagan. Naseem 1957-yil oxirgi marta Minervaning Naushervan-E-Adil filmida kichik rolda oʻynagan va keyinchalik aktyorlikni tark etgan. 1958-yildan boshlab savdo-sotiq bilan shugʻillanishni boshlaydi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Naseem bolalik doʻsti, arxitekt Mian Ehsan-ul-Haq bilan turmush qurgan. Ularning ikkita farzandi bir qizi Saira Banu va bir oʻgʻli Sultan Ahmed (1939 — 2016) boʻlgan. Naseem turmushga chiqqanidan soʻng Hindistonni tark etib, Pokistonga koʻchib kelishgan[10].

Filmografiya

tahrir
Yil Nom Oʻrin Izohlar
1935 Xon Ka Xon Ofeliya
1937 Xon Bahadur
1938 Meetha Zahar
1938 Talaq Roopa
1938 Vasanti Vasanti
1939 Pukar Nur Jahan
1940 Mayn Hari Naseem
1942 Ujala
1944 Chal Chal Re Naujawan Sumitra
1944 Begum
1946 Jeevan Swapna
1946 Eshik Chalen
1947 Mulaqat Saeeda
1948 Anoki Ada Kamini
1949 Chandni Raat
1950 Sheesh Mahal Ranjana
1951 Shabiston
1952 Ajeeb Ladki
1952 Betaab
1952 Sinbad Jahazi
1953 Baghi
1957 Naushervan-E-Adil Malika-E-Iran
1966 Chaddian Di Doli Punjabi filmi

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Pandya, Haresh. „Naseem Banu First female superstar of Indian Cinema“. Guardian News and Media Limited. The Guardian (2002-yil 4-sentyabr). 2014-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
  2. Khubchandani. „They called her Pari Chehra Naseem“. Rediff.com. 2014-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
  3. Kaur, Devinder Bir. „Original Beauty Queen of Hindi films“. The Tribune. The Tribune, Chandigarh (2002-yil 21-iyun). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
  4. „Naseem Banu“. StreeShakti. 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
  5. Patel, Sushila Rani Baburao. Stars of the Indian Screen. India: Parker &Sons Limited, 1952 — 15-bet. 
  6. Malik. „Naseem Bano“. cineplot.com. Cineplot.com. 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
  7. Tilak Rishi. Bless You Bollywood!: A Tribute to Hindi Cinema on Completing 100 Years. Trafford Publishing, 2012 — 168–-bet. ISBN 978-1-4669-3963-9. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr. 
  8. „Naseem Banu“. Muvyz, Inc. 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
  9. „Shyam“. The Rest. 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-oktyabr.
  10. However, according to some sources, Saira Banu was the love-child of Naseem and her lover Nawab Sir Liaqat Hayat Khan, former Prime Minister of Patiala State