Nasimxon Rahmonov — (1952-yil, Fargʻona, O‘zbekiston SSR) adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori (1971), professor (1993)[1].

Nasimxon Rahmonov
Tavalludi 16-oktyabr 1952-yil (1952-10-16) (72 yosh)
Fargʻona, O‘zbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Mashhur ishlari
  • "Oʻlmas obidalar" (1987)
  • „Bitiklar olamida“ (1990)
  • „Turkiy xoqonliklar“ (1993)
  • „Qadimiy hikmat“ (1987)
  • „Ruhiyatdagi nur murodi“ (2000)
  • „Oʻzbek adabiyoti tarixi namunalari“ (I, II jild 2006, 2007)
  • „Oltin yorugʻ“ (1-kitob, 2009; 2-kitob 2013)
  • O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (2014)
  • „Oʻzbek adabiyotini davrlashtirish masalalari“ (2016)
Mukofotlari Turkiyaning Yangi Turkiya strategik tadqiqotlar instituti mukofoti (2017)
Ostona shahrida joylashgan Xalqaro Turkiy Akademiyaning kumush medali (2018)
Qozog‘iston xalqlari Assambleyasining Oltin medali (2020)

Hayoti va faoliyati

tahrir

Olim 1952-yilda Fargʻona viloyati Buvayda tumaniJov qishlogʻida tugʻilgan. 1969-yili Nayman qishlog‘idagi 20-o‘rta maktabni bitirgan va ayni shu maktabda yoshlar yetakchisi boʻlib ishlagan[1]. Fargʻona davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1974). Oʻrta maktabda oʻqituvchi (19741977), "Oʻqituvchi" nashriyotida muharrir (19761979), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi H.Sulaymonov nomli Qoʻlyozmalar institutida muharrir, muzey boʻlimi mudiri, kichik, katta va bosh ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, direktor (1979-1998), Til va adabiyot instituti (19981999) va Sharqshunoslik institutida yetakchi ilmiy xodim (19992000), Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi professori (2000-yildan), Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dekani (2010-yildan).

Nasimxon Rahmonov 1984-yili “Kultegin yodnomasi (VIII asr) poetikasi” nomli mavzuda  nomzodlik, 1991-yili “O‘rxun-Yenisey yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim 1993-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Nasimxon Rahmonov, shuningdek, ikki kitobdan iborat “Oltun yorug‘” asarini o‘zbek tiliga tabdil qilib, chop ettirgan[1].

Nasimxon Rahmonov Turkiyaning Yangi Turkiya strategik tadqiqotlar instituti mukofoti (2017), Ostona shahrida joylashgan Xalqaro Turkiy Akademiyaning kumush medali (2018) hamda Qozog‘iston xalqlari Assambleyasining Oltin medali (2020) bilan taqdirlangan. 2012-yil 4-iyulda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “O‘zbek va jahon filologiyasi” va O‘zbekiston davlat san’at institutining “Tillar va adabiyot” kafedralari negizida yangi “Tillar va adabiyot” kafedrasi tashkil etilgan. Bu kafedrada Nasimxon Rahmonov ham faoliyat olib borgan[2].

Asarlari

tahrir

„Oʻlmas obidalar“ (1987), „Bitiklar olamida“ (1990), „Turkiy xoqonliklar“ (1993), „Qadimiy hikmat“ (1987), „Ruhiyatdagi nur murodi“ (2000), „Oʻzbek adabiyoti tarixi namunalari“ (I, II jild 2006, 2007), „Oltin yorugʻ“ (1-kitob, 2009; 2-kitob 2013), „O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi“ (2014)[3]„ Oʻzbek adabiyotini davrlashtirish masalalari“ (2016) va boshqa koʻplab kitoblari chop etilgan[4]. Olim, shuningdek, Oʻrxun-Enasoy obidalarining Oʻzbekistonda oʻrganilishi borasida ham maqolalar e'lon qilgan[5][6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Nasimxon Rahmonov 70 yoshda!“ (2022-yil 13-oktyabr). 2023-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  2. „“O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi“ (2012-yil 2-aprel). 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  3. Rahmonov O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI.pdf. 
  4. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 386-bet. 
  5. „OʻRXUN-ENASOY OBIDALARINING OʻZBEKISTONDA OʻRGANILISHI“ (2020-yil 1-oktyabr). 2023-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  6. „“Devonu lugʻoti-t-turk” – turkiy xalqlarning noyob yozma yodgorligi”mavzuidagi xalqaro ilmiy anjuman“ (2018-yil 28-dekabr). 2023-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.