Natalie Portman (Neta-Lee Hershlag; ivritcha: נטע-לי הרשלג;[1][2] 1981-yil 9-iyunda tugʻilgan) AQSh va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, film produser, ssenariynavis va rejissordir. U bir karra Akademiya (Oscar) mukofoti va ikki karra Oltin globus mukofoti sohibasi hisoblanadi.

Natalie Portman

Portman 2019-yilgi San Diego Comic-Conda
Tavalludi
Neta-Lee Hershlag

9-iyun 1981-yil (1981-06-09) (43 yosh)
Quddus, Isroil
(hozirgi yashash joyi: Los Anjeles, Kaliforniya, AQSh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Isroil bayrogʻi Isroil
Kasbi
Faoliyat yillari 1994—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Benjamin Millepied (turm. 2012)
Bolalari 2
Mukofotlari Toʻliq roʻyxat

Natalie Portman aktrisa oʻlaroq ilk faoliyatini Luc Besson tomonidan suratga olingan Léon: The Professional (1994) nomli filmida yosh Matilda roli bilan boshlagan. Keyinchalik u Yulduzlar jangi trilogiyasiga mansub bir nechta filmlarda, jumladan, Yulduzlar jangi Epizod I: Sirli tahdid (1999), Yulduzlar jangi: Epizod II – Klonlar hujumi (2002) va Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi (2005) filmlarida rol oʻynaydi. Keyin esa bir qator boshqa filmlarda, jumladan Evey Hammond rolini V for Vendetta (2006) filmida, Anne Boleyn rolini The Other Boleyn Girl (2008) filmida jonlantirgan. Portman 2011-yilda Ashton Kutcher bilan birgalikda romantik sahnalarga boy boʻlgan Hech qanday shartsiz nomli komedik filmida Emma Kurtzman rolini ijro etdi. Shundan soʻng esa Jane Foster rolini Marvel kinematografiya koinoti filmlari sirasiga mansub Thor (2011) va Thor: Zulmat dunyosi (2013), Jacqueline Kennedy rolini Jackie (2016) kabi filmlarda gavdalantirgandir.

Portmanning rejissorlik debyutiga Eve (2008) nomli qisqa hajmli film va A Tale of Love and Darkness (2015) nomli biografik dramasi kiradi. 2008-yilda u Cannes film festivalining eng yosh hakam aʼzosi lavozimiga tayinlangan. Portman, shuningdek, jonivorlar huquqlari himoyachisi hamdir. U 4-avgust 2012-yilda raqqos va xoreograf Benjamin Millepied bilan turmush qurgan va hozirda ikki farzandi bor.

Hayoti

tahrir

Ilk yillari

tahrir

Natalie Portman 1981-yil 9-iyunda Quddusda shifokor va aktrisa oilasida tugʻilgan.[3] Uning ota-onasi asli yahudiy boʻlishib,[4][5][6] Natalie tugʻilishidan oldin Moldovadan Isroilga kelgan. Onasi uy bekasi boʻlgan. Hozirda uning agenti sifatida ishlaydi.[7] Nataliening buva va buvisi Bernice (qizlik familiyasi Hurwitz) va Arthur Stevens.[8] Portman 3 yoshga toʻlganda u va uning oilasi Vashingtonga koʻchib kelgan.

Taʼlim

tahrir

Natalie Portman Vashingtondagi Charles E. Smith Jewish Day maktabiga tashrif buyuradi.[9] Keyinchalik Long Islandaʼdagi Jewish Elementary Schoolʼda ivrit tilida gapirishni oʻrganadi.[10] 1999-yilda Syosset High Schoolʼni bitirdi.[11][12][13]

New Yorkdagi American Theater Dance Workshopʼda balet va zamonaviy raqsni oʻrganadi va Usdan Centerʼda ijodiy va sahna sanʼati saboqlari bilan tanishadi.[14]

2003-yilda Harvard universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. U Harvarddagi talaba boʻlganida, universitetning talabalar gazetasi boʻlgan Harvard Crimsonʼga, Isroilning falastinliklarga nisbatan munosabati haqida maktub yuborgan.[15]

Faoliyati

tahrir

Ilk ishlari: 1992—2003

tahrir

Natalie Portman ilk ishini 10-yoshda bolalar modeli sifatida boshlagan.[16] U ilk aktrisalik debutini 1993-yilda Luc Besson'ning Léon: The Professional nomli filmida yosh Mathilda roli bilan boshlagan. U ushbu filmda mashhur aktyor Jean Reno bilan birgalikda rol oʻynagan. Uning ilk roli juda omadli keldi. Léon: The Professional filmi 1994-yilda chiqarildi.[17]

Keyinchalik Natalie Portman 1990’larda Heat, Everyone Says I Love You, Mars Attacks!, Beautiful Girls[18] va The Diary of Anne Frank[19] filmlarida rol oʻynadi. U hattoki Yulduzlar jangi prikvel trilogiyasida bir nechta filmlarda rol oʻynagan. Jumladan, Yulduzlar jangi Epizod I: Sirli tahdid (1999), Yulduzlar jangi: Epizod II – Klonlar hujumi (2002) va Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi (2005) filmlarda rol oʻynadi.

 
Portman Free Zone filmida, 2005

Portman 2001-yilda ishlangan Zoolander nomli komediya filmida kameo rolda koʻrinish beradi.[20] Bundan tashqari, 2003-yilda ishlangam Cold Mountain drama filmida ham rol oʻynaydi.

2004-2009

tahrir

2004-yilda Portman Garden State va Closer filmlarida rol ijro etadi. Portmanʼga Closer filmidagi Alice roli uchun Akademiya Mukofotining Eng Yaxshi Aktrisa nominatsiyasi beriladi.[21][22] Keyin u Star Wars prikveli boʻlgan Yulduzlar jangi: Epizod III – Sithlar qasosi filmida rol oʻynaydi. Ushbu film premyerasi 19-may 2005’da boʻlib oʻtdi va shu yilning eng yuqori daromadli domestic filmi boʻldi.[23] Yana u 2005-yilda Free Zone[24], 2006-yilda Saturday Night Live[25] filmlarida rol oʻynadi.

 
2009-yil Toronto Xalqaro Film Festivalida

Keyin esa Natalie Portman Evey Hammond rolini V for Vendetta (2006) filmida, Anne Boleyn rolini The Other Boleyn Girl (2008) filmida oʻynadi. Shuningdek, The Other Boleyn Girl filmida Scarlett Johansson rol oʻynagan. Portman yana The Simpsons'ning 18-faslida Bart Simpsonʼning yaqin qiz doʻsti Darcyʼga ovoz bergan.

2010—bugun

tahrir
 
83chi Akademiya Mukofotida, 2011

Portman Darren Aronofsky'ning 2010-yilda ishlangan Black Swan[26] nomli filmida yosh balerina rolini oʻynaydi.

Ushbu filmdan soʻng shu yili Portmanga romantika komediya janridagi Hech qanday shartsiz filmiga taklif tushadi. Ushbu filmda ikki asosiy qahramon boʻlib, ular Emma Kurtzman va Adam Franklin. Emma rolini Natalie Portman, Adam rolini esa Ashton Kutcher oʻynashga rozi boʻlishadi. Ushbu film muxlislar tomonidan yaxshi kutib olinadi. Undan keyin David Gordon Green'ning Your Highness filmida rol oʻynaydi. Shu yili Marvel kinematografiya koinoti filmlariga mansub Kenneth Branagh'ning Thor filmi premyerasi boʻlib oʻtadi. Portman ushbu filmda Jane Foster rolini oʻynagan. U MKKʼning yuqoridagi filmdan tashqari, uning davomi boʻlgan Thor: Zulmat dunyosi filmida[27] va Avengers: Endgame filmida kameo rolda oʻynaydi.

Filmografiyasi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Salonim, Nir „ברבורה: כל מה שצריך לדעת על זוכת פרס“ [A Swan: All you need to know about Academy Award Winner Natalie Portman] (ivritcha). mako (28-fevral 2011-yil). 9-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2011-yil.
  2. Collins, Andrew „Natalie Portman: The prodigy comes of age | Andrew Collins“ (inglizcha). the Guardian (1-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2012-yil.
  3. Crean, Ellen. „A 'Garden State' Of Mind“. CBS News (30-iyul 2004-yil). 6-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2007-yil.
  4. Collins, Andrew „Natalie Portman: The prodigy comes of age“. The Guardian (2-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 10-iyun 2018-yil.
  5. Gross, Max „Why Jewish guys dig Natalie Portman“. Jewish Telegraphic Agency (19-iyul 2007-yil). — „Natalie Portman, who played Queen Amidala of the planet Naboo, was born in Jerusalem to an Israeli father and American Jewish mother.“. Qaraldi: 10-iyun 2018-yil.
  6. „Natalie Portman names son Alef“. Evening Standard (7-iyul 2011-yil). Qaraldi: 10-iyun 2018-yil.
  7. Pringle, Gill. „Natalie Portman — more than a woman“. The Independent (29-fevral 2008-yil). 6-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2011-yil.
  8. Bloom, Nate. „Jewz in the Newz: The Oscars, Part II“. The American Israelite (24-fevral 2011-yil). 1-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2011-yil.
  9. Medoff, Dr. Rafael, ed. „Natalie Portman“, . Great Lives from History: Jewish Americans. Ipswich, Massachusetts: Salem Press — 900-bet. ISBN 978-1-58765-741-2.  (Wayback Machine saytida 24-avgust 2014-yil sanasida arxivlangan)
  10. „5 facts about Natalie Portman“. Something Jewish. 8-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 9-may. (Wayback Machine saytida 27-aprel 2006-yil sanasida arxivlangan)
  11. Wood, Gaby. „Interview With Natalie Portman“. Marie Claire. 28-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2010.
  12. Lawrence, Jill. „School of Stars: Judd Apatow, Elaine Chao, Michael Isikoff, W.Va. First Lady?“ (deadlink). Politics Daily. 24-yanvar 2010da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2010. (Wayback Machine saytida 24-iyul 2010-yil sanasida arxivlangan)
  13. Angier, Natalie.. „Natalie Portman, Oscar Winner, Was Also a Precocious Scientist“. The New York Times (28 şubat 2011). Qaraldi: 2-mart.
  14. „Portman was ever the swan growing up on LI“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2011.
  15. „Israeli Diversity Shown Even Among Leaders“. 10-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-avgust 2002.
  16. Ryan, James. „UP AND COMING: Natalie Portman; Natalie Portman (Not Her Real Name)“. The New York Times (25-fevral 1996-yil).
  17. „Natalie Portman Filmography“. AllMovie. 4-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-may 2015-yil.
  18. Guthmann, Edward „Some Clueless Losers Chase `Beautiful Girls'“. SFGate.com. San Francisco Chronicle. 8-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-aprel 2016-yil.
  19. Evans, Greg „Review: 'The Diary of Anne Frank'“. Variety (3-dekabr 1997-yil). 4-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-may 2015-yil.
  20. Garcia, Patricia. „18 Celebrity Cameos in Zoolander You Probably Forgot About“ (inglizcha). Vogue (15-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 24-aprel 2018-yil.
  21. „Academy Award Database: Natalie Portman“ (deadlink). Academy of Motion Picture Arts and Sciences. 4-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2008-yil.
  22. „Golden Globe Award Database: Natalie Portman“. Hollywood Foreign Press Association. 2-sentyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2008-yil.
  23. „2005 Domestic Grosses“. Box Office Mojo. 19-sentyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2009-yil.
  24. „Goya's ghosts“ (10-noyabr 2006-yil). 12-aprel 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  25. Freydkin, Donna. „Portmanʼs bald truth: Sheʼs no pixie“ (Wayback Machine saytida 14-sentyabr 2012-yil sanasida arxivlangan). USA Today, 14-mart 2006-yil; retrieved 16-yanvar 2011-yil.
  26. „First Images of Natalie Portman on the Set of Black Swan“. Dreadcentral.com. 12-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2010-yil.
  27. „Natalie Portman Joins "Thor" Cast“. CBS News. Associated Press (14-iyul 2009-yil). 16-noyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2011-yil.

Qoʻshimcha

tahrir

Havolalar

tahrir