Natalia Kaliszek (talaffuzi: Natalya Kalishek; 1996-yil 17-mayda tugʻilgan) — Polsha vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Maksim Spodiriyev bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida medallarni qoʻlga kiritgan, shu jumladan 2017 CS Tallinn Trophy musobaqasida oltin medal sohibi boʻlgan va sakkiz marta Polshaning milliy chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. Juftlik Polsha vakili sifatida 2018 va 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida, shuningdek, Yevropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Juftlik oʻsmirlar darajasida 2015-yilgi Oʻsmirlar Jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirishgan.

Natalia Kaliszek

Kaliszek va Spodyriyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Polsha bayrogʻi Polsha
Tavalludi 17-may 1996-yil (1996-05-17) (27 yosh)
Toruń, Polsha
Boʻyi 1.60 m (5 ft 3 in)
Sherigi Maksim Spodyriyev
Oldingi sheriklari Yaroslav Kurbakov
Murabbiyi Sylwia Nowak-Trębacka
Jamoasi MKS Axel Toruń
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Toruń
Uchishni boshlagan 2000
Yakunlagan 2022
Shaxsiy rekordlari
Qisqa raqs 74.19
Erkin raqs 112.48

Shaxsiy hayoti tahrir

Natalia Kaliszek 1996-yil 17-mayda Polshaning Torun shahrida tugʻilgan. Uning Michał ismli ukasi va Anna ismli singlisi bor, ikkalasi ham figurali uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan.

Faoliyati tahrir

2014 — 2015-yilgi mavsum tahrir

Natalia Polsha vakili sifatida Silviya Novak-Trębacka murabbiyligida mashgʻulot oʻtab yurgan paytlarida Spodyriyev bilan juftlikda musobaqalarda qatnasha boshlagan[1]. Juftlik oʻzining xalqaro debyutini Volvo Open Cup musobasida oʻtkazgan va oʻsmirlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Kattalar darajasiga koʻtarilib, Santa Claus Cup musobaqasinda oltin medalni qoʻlga kritishdan oldin Challenger Series (CS) turnirida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yilning dekabr oyida Four Nationals musobaqasida Polsha milliy chempionligini qoʻlga kiritgan va keyingi oy boʻlib oʻtgan Toruń Cup turnirida bronza medali bilan taqdirlangan[2].

2015 — 2016-yilgi mavsum tahrir

Kaliszek / Spodyriyev juftligi 2015 — 2016-yillarda oʻtkazilgan Challenger seriyasining uchta musobaqasida qatnashgan. Birinchi Nebelhorn Trophy musobaqasida yettinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Mordovian Ornament turnirida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik Warsaw Cup musobaqasida ham qatnashib, kumush medal bilan taqdirlangan. Juftlik Challenger seriyasining umumiy reytingida uchinchi oʻrinni egallagan[3].

2020 — 2021-yilgi mavsum tahrir

Kaliszek / Spodyriyev juftligi Stokgolmda boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishdan oldin yana toʻrtta milliy chempionatda gʻolib chiqqan va Jahon chempionatida oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan. Bu natija juftlikka Polsha vakili sifatida 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanma bergan.

Juftlik 2022-yil 16-iyul kuni musobaqalarni tark etishlarini eʼlon qilishgan[4].

Dasturlari tahrir

Spodyriyev bilan tahrir

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2021 — 2022

2020 — 2021

  • Quickstep: Everybody Say Yeah
  • Foxtrot: Everybody Say Yeah

    Cyndi Lauper
2019 — 2020

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Spodyriyev bilan Polsha vakili sifatida tahrir

Xalqaro
Musobaqa 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22
Olimpiada 14 17
Jahon chempionatlari 24 16 14 17 11 C 12 WD
Yevropa chempionati 14 11 8 10 5 9 14
GP Cup of China 5
GP NHK Trophy 7
GP Rostelecom 5 4 WD
GP Skate America 6 8
GP Skate Canada 9
CS Cup of Austria WD
CS Finlandia 5 10
CS Golden Spin 2
CS Ice Star 2
CS Mordovian 3
CS Nebelhorn 7 8
CS Nepela 4
CS Tallinn Trophy 1 3
CS Warsaw Cup 6 2 WD WD
Bosphorus Cup 1
Open d’Andorra 2
Santa Claus Cup 1 3
Shanghai Trophy 3
Toruń Cup 3 1 1 1 2 1
Warsaw Cup 2
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionatlari 7
Volvo Open Cup 2
Milliy
Polsha chempionati 1 1 1 1 1 1 1 1
Four Nationals 2 2 1 1 1 1 1 1
WD = musobaqani tark etgan; C = musobaqa bekor qilingan

Manbalar tahrir

  1. McCluskey, Megan. „'Despacito' Is the Clear Winner of the 2018 Olympic Ice Dancing Competition“. Time (2018-yil 19-fevral).
  2. Slater, Paula. „Papadakis and Cizeron first after Rhythm Dance; new record“. Golden Skate (2019-yil 25-yanvar).
  3. Slater, Paula. „Papadakis and Cizeron defend European title; pockets fifth consecutive gold“. Golden Skate (2019-yil 26-yanvar).
  4. „Kochani!“. Natalia Kaliszek & Maksym Spodyriev's Facebook (2022-yil 16-iyul).