Natalya Duxnova
Natalya Stanislavovna Duxnova (belaruscha: Наталля Станіславаўна Духнова)(1966-yil 16-iyul, Moʻynoq) – 800, 1000 va 1500 metrga yugurish boʻyicha sovet, rus va belaruslik yengil atletikachi. 1994-yil 800 m masofaga yugurish boʻyicha Yevropa chempioni. Ikkita Olimpiada ishtirokchisi (1996, 2000). Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1994), Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiy (2016).
Natalya Duxnova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | SSSR→ Rossiya→Belarus |
Tavallud sanasi |
1966-yil 16-iyul Mo'ynoq |
Sport | |
Qaysi sport | Yengil atletika |
Murabbiy(lar)i |
Lev Aleksandrovich Luzin Vladimir Nikolayevich Pologov |
Yugurish boʻyicha Belarus rekordchisi. Uning rekordi: 1000 metr ochiq maydonda – 2:37,33 (1995)[1], 800 metr yopiq maydonda – 1:59,31 (1997), 1000 metr yopiq maydonda – 2:35,89 (1996).
Biografiyasi
tahrirNatalya Stanislavovna Duxnova 1966-yil 16-iyulda[2] Moʻynoq shahrida tugʻilgan[3]. U 6 yoshligiida ota-onasi bilan Yaroslavl viloyati Uglichga koʻchib oʻtishgan. Yoshligida Natalya changʻi sporti bilan shugʻullangan, keyin 18 yoshida yengil atletika bilan shugʻullanishni boshlagan. Natalya Yaroslavl viloyati yengil atletika sport maktabida Lev Aleksandrovich Luzin[4][5] bilan birga mashq qilgan. 1990-yilda u taniqli murabbiy Vladimir Nikolayevich Pologov qoʻl ostida SSSR terma jamoasiga qoʻshilgan. 1992-yilda u murabbiyi bilan birgalikda Rossiyadan Belarusga koʻchib oʻtishga qaror qilgan. Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan (1999)[6].
800 metrga yugurishda besh karra Belarus chempioni (1992, 1993, 1996, 1999, 2003) va 1500 metrga yugurish boʻyicha ikki karra Belarus chempionligini qoʻlga kiritgan (1996, 1999)[7].
2005-yilda sportchilik faoliyatini yakunlagan, qizi dunyoga kelganidan soʻng, Natalya murabbiylik faoliyatini boshlagan. Uning eng taniqli shogirdi 2015-yilgi jahon chempioni va 2014-yilgi Yevropa chempioni Marina Arzamasova hisoblanadi[8][9]. 2016-yilda Duxnova „Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[10]. Yengil atletika boʻyicha Respublika olimpiya tayyorlash markazida faoliyat yuritadi.
Asosiy natijalari
tahrirYil | Musobaqa | Oʻtkazilgan joy | Masofa | Oʻrin | Natija |
---|---|---|---|---|---|
1990 | SSSR chempionati | Kiyev | 800 m | - | 2:01,26 |
1992 | Rossiya chempionati | Volgograd | 800 m | 2:05,12 | |
1993 | Jahon chempionati | Stuttgart, Germaniya | 800 m | 3 (h2) | 2:01,78 |
1994 | Yevropa chempionati | Parij, Fransiya | 800 m | 2:00,42 | |
Yevropa Chempionati | Helsinki, Finlandiya | 800 m | 1:58,55 | ||
Jahon Kubogi | London, Buyuk Britaniya | 800 m | 2:02,81 | ||
1995 | Yevropa Kubogi | Fransiya | 800 m | 2:00,07 | |
Jahon Chempionati | Gyoteborg, Shvetsiya | 800 m | 5 (sf2) | 1:59,45 | |
Butunjahon harbiy oʻyinlari | Rim, Italiya | 800 m | 2:03,90 | ||
1996 | Belorus chempionati | Urche | 400 m | 54,27 | |
800 m | 2:04,69 | ||||
Yevropa Kubogi | Madrid, Ispaniya | 800 m | 1:59,70 | ||
Belorussiya chempionati | Gomel | 800 m | 1:57,24 | ||
1500 m | 4:08,76 | ||||
Olimpiya oʻyinlari | Atlanta, AQSH | 800 m | 7 | 2:00,32 | |
1500 m | 6 (sf1) | 4:11,43 | |||
1997 | Jahon chempionati | Parij, Fransiya | 800 m | 1:59.31 | |
Jahon chempionati | Afina, Gretsiya | 800 m | 5 (sf2) | 2:00,91 | |
Gran-Pri | Fukuoka, Yaponiya | 800 m | 8 | 2:09,17 | |
1998 | Yevropa Chempionati | Budapesht, Vengriya | 800 m | 7 | 2:02,14 |
1999 | Jahon chempionati | Maebasi, Yaponiya | 800 m | 3 (sf2) | 2:03,05 |
Belorussiya chempionati | Stayk | 800 m | 2:02,02 | ||
1500 m | 4:12,96 | ||||
Butunjahon harbiy oʻyinlari | Zagreb ,Xorvatiya | 800 m | 2:00,84 | ||
Jahon chempionati | Sevilya, Ispaniya | 800 m | 8 | 1:58,69 | |
2000 | Olimpiya oʻyinlari | Sidney, Avstraliya | 800 m | 4 (h1) | 2:03,20 |
2001 | Belorussiya chempionati | Minsk | 800 m | 2:05,49 | |
Yevropa Kubogi | Bremen, Germaniya | 800 m | 1:59,95 | ||
Jahon chempionati | Edmonton, Kanada | 800 m | 6 (h2) | 2:05,47 | |
2003 | Belorussiya Chempionati | Minsk | 800 m | 2:04,23 | |
1500 m | 4:22,62 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Рекорды, установленные белорусскими спортсменами на открытых площадках“. 2017-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
- ↑ „С ЮБИЛЕЕМ, НАТАЛЬЯ СТАНИСЛАВОВНА“. 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
- ↑ „Наталья Духнова: Не бегаю, боюсь, что затянет“. 2017-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
- ↑ „ЭКС МС-МСМК ЯРОСЛАВЛЯ > ДУХНОВА НАТАЛЬЯ“. 2022-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
- ↑ „Рекорды ГАУ «СШОР по легкой атлетике и адаптивному спорту»“. 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
- ↑ Спортивная энциклопедия Беларуси.
- ↑ „BELARUSIAN CHAMPIONSHIPS“. 2012-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
- ↑ „Марина АРЗАМАСОВА: МЕДАЛЬ БЫЛА ОЖИДАЕМОЙ“. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
- ↑ „И тренер, верная подруга“. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
- ↑ „Наталья Духнова — Заслуженный тренер Республики Беларусь!“. 2016-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.