Navoiy (telekanal)
Navoiy (toʻliq nomi: Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi) – Oʻzbekistonning universal mazmundagi davlat hududiy telekanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. Efiri Navoiy viloyati hamda qisman Samarqand va Buxoro viloyatlarini qamraydi.
Navoiy | |
---|---|
Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | 18 soat |
Namoyish hududi | Navoiy viloyati |
Til(lar)i | asosan oʻzbekcha |
Boshqaruv markazi | Navoiy, Mahmud Tarobiy koʻchasi, 107-uy |
Mazmuni | universal |
Efirga chiqqan | 2000-yil 1-fevral |
Tomoshabinlar | 1 milliondan koʻp |
Asoschisi | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
Egasi | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
Aloqador telekanallar | Oʻzbekiston MTRK kanallari |
Sayt | www.mtrk.uz |
Tarixi
tahrir2000-yil 1-fevral kuni haftasiga 2 soatdan teledasturlar efirga uzatuvchi Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi tashkil etilgan. Yillar davomida efir vaqti biroz uzayib, 2010-yil haftasiga 6 soat koʻrsatuvlar efirga uzatiladigan boʻlgan. Teledasturlar yozib olinib, Navoiy Radioteleuzatish markazidan DVD playerlar vositasida efirga uzatilgan. 2011-yil telekanal uchun yangi ikki qavatli bino qurib berilgan. Yangi teleapparaturalar bilan jihozlangan, optik tolali uzatkichlar oʻrnatilgan, efir sifati yaxshilangan, tasvirni raqamli va analog signalda qabul qilish imkoni yaratilgan, efir vaqti uzaytirilgan.[1]
Tavsifi
tahrirNavoiy telekanali oʻz dasturlarini asosan oʻzbek tilida berib boradi. Telekanal yoʻnalishi universal.