Navruzim (tuman)
Navruzim tumani- Qoʻstanoy viloyatining markaziy qismidagi tuman, 1965-yili tashkil topgan. Maydoni 18,3 ming km². Aholisi 13,037 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Qaramendi qishlogʻi. Navruzim tumani Toʻrgʻay usyurtining shimoliy tomonida joylashgan. Tumanning eng baland choʻqqisi Qargʻali togʻidadir (308 m).
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Qoʻstanoy viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Qaramendi | |
Asos solingan sanasi | 1965-yil | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2010) | 13,037 | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar — 68,56% ruslar — 13,94% ukrainlar — 7,10% ozarbayjonlar — 2,34% tatarlar — 1,89% beloruslar — 1,68% olmonlar — 1,38 [1][2] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 71454 [3] | |
Avtomobil raqami kodi | P, 10 | |
Rasmiy sayti | http://naurzum.kostanay.gov.kz/ | |
Xaritada | ||
51°39′27″N 64°13′33″E / 51.65750°N 64.22583°E |
Iqlimi
tahrirIqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −18 — 19 °C. Yozi issiq. Iyul oyining oʻrtacha yillik harorati 22 °C. Yoz oylarida harorat 40 C-gacha koʻtariladi. Iqlimning qurgʻoq boʻlishiga bogʻliq yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 – 250 mm-dan oshmaydi. Uning 70 — 75 %-i yilning iliq mavsumlarida yogʻadi. Esib turuvchi shamollarning yillik oʻrtacha tezligi 4,5 – 5 m/s.
Aholisi
tahrirTuman aholisi 13 037 kishi (2010) Zichligi 1 km²-ga 0,8 kishidan toʻgʻri keladi (2004). Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi. Aholining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin: (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
- qozoqlar — 8 938 kishi (68,56 %)
- ruslar — 1 818 kishi (13,94 %)
- ukrainlar — 926 kishi (7,10 %)
- ozarbayjonlar — 305 kishi (2,34 %)
- tatarlar — 246 kishi (1,89 %)
- beloruslar — 219 kishi (1,68 %)
- olmonlar — 180 kishi (1,38 %)
- boshqirdlar — 119 kishi (0,91 %)
- boshqalari — 286 kishi (2,19 %)
- Umumiy — 13 037 kishi (100,00 %)
Ijtimoiy soha
tahrirMadaniyat, bilim berish va tibbiyot mahkamlaridan Navruzim tumanida umumiy bilim beruvchi 22 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 9 ta klub, 11 ta kutubxona, tuman kasalxonasi va shifoxona, 14 feldsh-akusher punkt, 2 ta dorixona faoliyat yuritmoqda.[4]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Qoʻstanay viloyatining telefon kodlari
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi, 7 tom