Baxtiyor Nazarov (17.09.1945-17.01.2022) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). Toshkent davlat universiteti tugatgan (1966). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot intstituda ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969— 1972; 1979—1983), direktor (1986—1990), boʻlim mudiri (1996-yildan). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Bosh ilmiy kotibi oʻrinbosari (1973—1979), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990— 92), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (1992—1994), ayni vaqtda „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnalining bosh muharriri (1986-1994).

Baxtiyor Nazarov
Tavalludi 17-sentyabr 1945-yil
Vafoti 17-yanvar 2022-yil(2022-01-17)
(76 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Nazarovning ilmiy ishlari 20-asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyoti, xususan, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bagʻishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati oʻrganilgan. Oybekning 20 jildli „Mukammal asarlar“ toʻplamini nashrga tayyorlashda qatnashgan. Milliy istiqlol gʻoyasi bilan sugʻorilgan, yangi tipdagi darsliklar (oʻrta maktabning 9-, 11-sinflari uchun „Oʻzbek adabiyoti“, oliy maktab uchun „20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi“ ning mualliflaridan biri.[1][2]

Manbalar tahrir

  1. https://m.kun.uz/news/2022/01/18/akademik-baxtiyor-nazarov-vafot-etdi
  2. Bu sehrli dunyo, T., 1980; Hayotiylik — bezavol mezon, T., 1985.