Nazmiye Muslu Muratlı
Nazmiye Muslu Muratlı (1979-yil 13-iyunda tugʻilgan) — turkiyalik ayol pauerliftingchi[1]. Nazmiye Muratlı 40 kilogrammgacha vazn toifasida amaldagi jahon rekordchisi, 2012-yilgi Paralimpiya oʻyinlari oltin medali sohibasidir[2]. U Konya Meram Belediyespor klubi sharafini himoya qiladi[3].
Nazmiye Muslu Muratlı | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Turkiya |
Tavallud sanasi |
13-iyun 1979-yil Konya, Turkiya |
Vazni | 40 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Pauerlifting |
Klubi | Konya Meram Belediyespor |
Bolaligi
tahrirNazmiye Muslu 1979-yilda Konyada tugʻilgan. Paraplegiya kasalligi sababli boshlangʻich taʼlimni uyida olgan[2].
U doʻsti tufayli pauerlifting bilan shugʻullanishni boshlaydi. Dastlab qiynalyotganligi sababli mashgʻulotlardan bosh tortadi, biroq, uning ota-onasi Nazmiyeni mashgʻulotlarini davom ettirishga koʻndiradi[3].
Natijalari
tahrirParalimpiya o'yinlarida:
tahrir1 –41 kg 2016 Rio-de-Janeyro, Braziliya104
1 –40 kg 2012 London, Buyuk Britaniya 106
4 –40 kg 2008 Pekin, Xitoy 90.0
Jahon chempionatlarida:
tahrir1 –41 kg 2014 Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 103.0
1 –40 kg 2010 Kuala-Lumpur, Malayziya 105.0
2 –45 kg 2019 Ostona, Qozogʻiston 116.0
2 –45 kg 2017 Mexico, Meksika 107.0
8 –44 kg 2006 Busan, Janubiy Koreya 60.0
Yevropa ochiq chempionatlarida
tahrir1 –50 kg 2018 Berck-sur-Mer, Fransiya 111
Faoliyati
tahrirNazmiye Muratlı Pauerlifting bilan shugʻullanishni boshlaganidan uch oy oʻtar-oʻtmas milliy milliy terma jamoaga qabul qilindi. Portugaliya oʻtkaziladigan Yevropa chempionatida ishtirok etishi murabbiylar tomonidan maʼlum qilinadi. Xalqaro maydondagi debyutida bronza medalini qoʻlga kiritadi[3].
Muratli 2005—2006-yillarda Turkiya chempioni boʻlgan. 2005-yilda Yevropa chempionatida bronza va 2007-yilda oltin medallarini qoʻlga kiritgan[2].
2008-yilgi Pekin Paralimpiya oʻyinlarida Muratli toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi London Paralimpiya oʻyinlarida u 109,0 kg toshni koʻtargan holda shaxsiy rekordini oʻrnatgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan[3]. 2016-yilgi Paralimpiya oʻyinlarida -41 kg vazn toifasida 104,0 kg toshni koʻtarib, jahon rekordini oʻrnatgan va olimpiada oltin medalni qoʻlga kiritgan. Nazmiye Muslu Muratlı ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioniga aylangan birinchi turkiyalik sportchi hisoblanadi[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Rekortmen haltercinin hedefi Rio“ (Turkish) (2015-yil 13-dekabr). 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Paralimpik Oyunlarına Geri Sayım Başladı !..-Nazmiye Muslu“ (Turkish). Türkiye Milli Paralimpik Komitesi. Qaraldi: 2012-yil 31-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Odabaş, Nusret. „Nazmiye'nin gözü Naim'in rekorunda“ (Turkish). Haber7 (2012-yil 31-avgust). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
- ↑ „Nazmiye Muratlı, Rio 2016 Paralimpik'te dünya rekoru kırdı“ (Turkish) (2016-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Powerlifting: MURATLI, Nazmiye - Tokyo 2020 Paralympics“. 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.