Nebojša Kosović
Nebojša Kosović (talaffuzi: Neboysha Kosovich) (1995-yil 24-fevralda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, Xitoy Superligasi klubi Meizhou Hakka va Chernogoriya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Nebojša Kosović | ||
Tavallud sanasi | 24-fevral 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Nikšić, Montenegro, FR Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.78 m (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Meizhou Hakka | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007—2011 | Vojvodina | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2014 | Vojvodina | 30 | (2) |
2014—2015 | Standard Liège | 0 | (0) |
2014—2015 | → Újpest (Ijara) | 21 | (1) |
2015—2019 | Partizan | 60 | (5) |
2019—2021 | Qayrat | 57 | (8) |
2022- | Meizhou Hakka | 23 | (4) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010—2011 | Montenegro U17 | 6 | (1) |
2014 | Montenegro U19 | 3 | (0) |
2013—2016 | Montenegro U21 | 15 | (0) |
2016- | Montenegro | 32 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (6-sentyabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirVojvodina
tahrirNikšić shahrida tugʻilgan Kosović Vojvodinaga havaskor sifatida qoʻshilgan. U 2011-yil 9-aprelda jamoasi bilan „Sloboda Ujice“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan holda klub safidagi ilk debyutini oʻtkazgan. 2010/2011-yilgi mavsum oxirigacha Kosović yana bir marta liga oʻyinida maydonga tushgan, uning klubi ligada uchinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik Kosović „Vojvodina“ bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. U 2012-yilning fevralida jamoa bilan uch yillik shartnoma boyicha kelishib olgan. Kosović 2011/2012-yilgi mavsumda ham ligada bitta oʻyin oʻtkazgan. U klub safidagi birinchi golini 2013-yil 9-mart kuni BSK Borchaga qarshi safarda, 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda kiritgan[1]. Keyingi 2013/2014-yilgi mavsumda Kosović UEFA musobaqalaridagi ilk golini urgan. Bu oʻyin 2013-yil 4-iyul kuni Maltaning „Hibernians“ klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyin boʻlgan[2]. Shuningdek, u 2013-yilning sentabrida „Vojvodina“ jamoasi bilan shartnomasini 2017-yilning yoziga qadar uzaytirgan[3].
Standart Liege
tahrir2014-yilning yanvarida Kosović Belgiyaning „Standart Liege“ jamoasiga oʻtgan[4]. U Les Rouches bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolagan va darhol Vengriyaning „Ujpest“ klubiga ijaraga berilgan[5]. Uning sobiq murabbiyi Nebojša Vignjević boshchiligidagi futbolchi ikkita yirik sovrinni qoʻlga kiritgan jamoa aʼzosi boʻlgan. Oxir-oqibat u 2015-yil qishki transfer oynasida Standard Liejga qaytgan, biroq ularning asosiy jamoasi uchun hech qanday oʻyinda maydonga tushmagan.
Partizan
tahrir2015-yil 7-avgustda Kosović Serbiyaga qaytib kelgan va „Partizan“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[6]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 22-avgustida oʻtkazgan va safarda Borac Chachak ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. 2016-yilning 12-martida Kosović oʻzining „Partizan“ safidagi ilk golini „Vozdovac“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan[7]. U „Partizan“ bilan birinchi mavsumidayoq Serbiya kubogini yutib olishgan[8]. Keyingi 2016/2017-yilgi mavsumda Kosović barcha musobaqalarda (liga va kubok) 22 oʻyinda oʻtkazgaan va uchta gol urgan. Partizan liga chempionligi va kubokni qoʻlga kiritishga erishgan. 2018-yilning noyabrida u „Partizan“ bilan shartnomasini 2021-yilning iyuniga qadar uzaytirgan[9].
Qayrat
tahrir2019-yilning bahorida Kosović Qozogʻistonning „Qayrat“ klubi bilan 450 000 yevro evaziga ikki yillik shartnoma imzolagan[10][11].
Meizhou Hakka
tahrir2022-yil 21-aprelda Kosović Xitoy Superligasining „Meizhou Hakka“ klubiga oʻtgan[12].
Xalqaro faoliyati
tahrirKosović oʻz mamlakatini 2010-yilgi oʻsmirlar yozgi Olimpiya oʻyinlarida himoya qilgan. U Singapurga qarshi guruh bosqichidagi 2:3 hisobida magʻlubiyataga uchralgan oʻyinda dubl qayd etgan. Shuningdek, Chernogoriya tarkibida 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifalardamaydonga tushgan.
2016-yilning 29-mayida Kosović Chernogoriya terma jamoasi safida toʻliq debyut qilgan va Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan[13][14].
Statistika
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Vojvodina | 2010—2011 | Serbiya Super Ligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
2011—2012 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 1 | 0 | |||
2012—2013 | 19 | 1 | 3 | 0 | — | 0 | 0 | 22 | 1 | |||
2013—2014 | 8 | 1 | 2 | 0 | — | 3 | 1 | 13 | 2 | |||
Jami | 30 | 2 | 5 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | 38 | 3 | ||
Újpest (Ijara) | 2013—2014 | Nemzeti Bajnokság I | 8 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | — | 12 | 1 | |
2014—2015 | 13 | 0 | 3 | 0 | 5 | 1 | — | 21 | 1 | |||
Jami | 21 | 1 | 7 | 0 | 5 | 1 | 0 | 0 | 33 | 2 | ||
Partizan | 2015—2016 | Serbiya Super Ligasi | 17 | 1 | 4 | 0 | — | 0 | 0 | 21 | 1 | |
2016—2017 | 16 | 3 | 6 | 0 | — | 0 | 0 | 22 | 3 | |||
2017—2018 | 8 | 1 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | 12 | 1 | |||
2018—2019 | 19 | 0 | 1 | 0 | — | 6 | 0 | 26 | 0 | |||
Jami | 60 | 5 | 11 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | 81 | 5 | ||
Qayrat | 2019 | Qozogʻiston Premyer Ligasi | 17 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | 18 | 0 | |
2020 | 16 | 4 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 18 | 4 | |||
2021 | 24 | 4 | 2 | 1 | — | 8 | 0 | 34 | 5 | |||
Jami | 57 | 8 | 2 | 1 | 0 | 0 | 11 | 0 | 70 | 9 | ||
Karyerada Jami | 168 | 16 | 25 | 1 | 5 | 1 | 24 | 1 | 222 | 19 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Chernogoriya | 2016-yil | 1 | 0 |
2017-yil | 3 | 0 | |
2018-yil | 7 | 0 | |
2019-yil | 7 | 1 | |
2020-yil | 5 | 0 | |
2021-yil | 9 | 0 | |
Jami | 32 | 1 |
Xalqaro maydondagi gollari
tahrir# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2019-yil 5-sentyabr | Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya | Vengriya | 1 — 1 | 2-1 | Oʻrtoqlik |
Yutuqlari
tahrir- Újpest
- Magyar Kupa : 2013—2014
- Szuperkupa : 2014-yil
- Partizan
- Serbiya Superligasi : 2016—2017
- Serbiya kubogi : 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018
- Qayrat
- Qozogʻiston Premyer-ligasi : 2020
- Qozogʻiston kubogi : 2021
Manbalar
tahrir- ↑ „BSK-Vojvodina3 : 3“ (serbcha). fkvojvodina.rs (9-mart 2013-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2016-yil.
- ↑ „Hibernians-Vojvodina 1 : 4“ (serbcha). fkvojvodina.rs (4-iyul 2013-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Zalog Za Budućnost“ (serbcha). fkvojvodina.rs (13-sentabr 2013-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Nebojša Kosović U Standardu“ (serbcha). fkvojvodina.rs (29-yanvar 2014-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2016-yil.
- ↑ „Un jeune espoir monténégrin prêté par le Standard à l'Ujpest“ (fransuzcha). 7sur7.be (31-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
- ↑ „Nebojša Kosović potpisao za Partizan“ (serbcha). partizan.rs (7-avgust 2015-yil). Qaraldi: 7-avgust 2015-yil.
- ↑ „Tako Mlad, A Već Šoša Kosović sjajnim makazicama postigao prvenac u Partizanu /Video/“ (serbcha). blic.rs (12-mart 2016-yil). Qaraldi: 12-mart 2016-yil.
- ↑ „Kup je naš!“ (serbcha). partizan.rs (11-may 2016-yil). Qaraldi: 30-iyul 2017-yil.
- ↑ „Nebojša Kosović produžio ugovor sa Partizanom“ (cnr). reprezentacija.me (19-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.
- ↑ Madiyar Zhampeisov. „Полузащитник из Черногории Небойша Косович стал игроком "Кайрата"“ (ruscha). Экспресс К (2-aprel 2019-yil). 2019-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Nebojša Kosović u Kairatu za 450.000 evra“ (serbcha). Mozzart Sport (30-mart 2019-yil). Qaraldi: 5-mart 2019-yil.
- ↑ „梅州客家官方:武卡诺维奇、杜加利奇、科索维奇等4外援加盟“ (zh). Dongqiudi (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 23-aprel 2021-yil.
- ↑ „Nevjerovatan poraz, u posljednjoj sekundi Turska - Crna Gora 1:0“ (cnr). vijesti.me (29-may 2016-yil). 2016-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 19-sentabr 2020-yil.