Newtonning mexanika qonunlari
Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. Isaac Newton tomonidan taʼriflangan (1687). Birinchi qonun — har qanday jismga tashqi kuch taʼsir qilmaguncha u oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi (qarang Inersiya qonuni). Ikkinchi qonun — harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi koʻpaytmasi) ning oʻzgarishi jismga taʼsir qiluvchi kuchga proporsional, massaga esa teskari proporsional ta'sir etadi. Uchinchi qonun — ikki jismning oʻzaro taʼsir kuchi bir-biriga teng, yoʻnalishi esa qarama-qarshi boʻladi (qarang Taʼsir va aks taʼsir qonuni). Newtonning mexanika qonunlari Galileo Galilei, Christiaan Huygens hamda Isaac Newtonning oʻzi oʻtkazgan koʻplab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo boʻlgan. Newtonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin moddalar uchun oʻrinli emas.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |