Nikolay Nikolanevich Biyazi (2-aprel 1893-yil Tiflis – 1973-yil 7-aprel, Yessentuki) – sovet harbiy boshligʻi, general-leytenant (1944). Harbiy tarjimonlar instituti mudiri (1940–1942, 1944–1947). Boltiqboʻyi harbiy okrugi qoʻmondoni (1943–1944)[1].

Nikolay Biyazi
Tavalludi 2-aprel 1893-yil
Tiflis, Rossiya imperiyasi
Vafoti 7-aprel 1973-yil
Yessentuki, RSFSR, SSSR
Qoʻshin turlari pexota
Xizmatdagi yillari 19141918
Mukofotlari

Urushlararo xizmati

tahrir

Biyazi 1921-yil 18-fevraldan Objeldor 29-piyodalar diviziyasining boshligʻi, 1921-yil 27-martdan Objeldor 38-piyodalar diviziyasining boshligʻi boʻlgan. 1921-yil iyun oyidan boshlab 14-piyoda diviziyasining oʻquv brigadasiga qoʻmondonlik qilgan. Nikolay bir vaqtning oʻzida Vladikavkaz garnizonining boshligʻi hamda Togʻli Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining vabo va tifga, Ingushiya va Osetiyadagi banditizmga qarshi kurash boʻyicha Favqulodda uchlik aʼzosi boʻlgan. 1921-yil dekabrdan Kavkaz armiyasining alohida armiya oʻquv brigadasi qoʻmondoni hamda Tiflisning janubi-gʻarbiy mudofaa sektori boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan. 1922-yil 1-yanvardan Gruziya SSRdagi 1-Sharqiy kursantlar brigadasi komandiri va 1922-yil 13-iyuldan 13-Boku piyoda qoʻmondonlik kursi (Tiflis) boshligʻi boʻlib ishlagan. 1922-yil sentyabr-oktyabr oylarida Xevsuretida Sovet Ittifoqiga qarshi qoʻzgʻolonni bostirishda qatnashgan va birlashgan kursantlar brigadasini boshqargan[2].

Biyazi 1923-yil 10-oktyabrdan 1927-yil 1-iyulgacha Toshkentdagi V. I. Lenin nomidagi toʻrtinchi Toshkent Birlashgan qoʻmondonlik maktabining boshligʻi boʻlgan, keyinchalik maktab V. I. Lenin nomidagi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtiga aylangan. Bu yillarda maktab boshligʻining oʻzi ham oʻz bilim darajasini oshirgan va 1925–1926-yillarda Moskvadagi RKKA harbiy akademiyasi qoshidagi oliy boshliqlar tarkibini takomillashtirish kurslarini tamomlagan. Nikolay 1927-yilda yana oʻqishga ketgan va 1928-yilda M. V. Frunze nomidagi RKKA harbiy akademiyasining Sharqiy fakultetini tamomlagan[3].

Nikolay Nikolayevich 1928-yil sentyabrdan Tiflis davlat universitetining, 1928-yil dekabrdan Tomsk davlat universitetining harbiy direktori vazifasini bajargan[4]. 1931-yil aprel oyida Shimoliy Kavkaz davlat universitetining harbiy direktori lavozimiga oʻtkazildi, ammo hech qancha vaqt oʻtmay, 1931-yil iyul oyida I. V. Stalin nomidagi Shimoliy Kavkaz Kommunistik Universitetining (Rostov-Don) harbiy direktori etib tayinlandi. Biyazi 1932-yildan VKP(b) aʼzosi boʻlgan.

Mukofotlari

tahrir

Biyazi ikki marta Lenin ordeni, uch marta Qizil Bayroqning ordeni hamda 4-darajali Avliyo Georgiy xochi ordeni bilan taqdirlangan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Биязи Николай Николаевич“. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
  2. „Увековечена память первого начальника ВИИЯ Николая Биязи“. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
  3. Gusterin P. V. Sovetskaya razvedka na Blijnem i Srednem Vostoke v 1920—1930-x godax. – Саарбрюккен: LAP LAMBERT Academic Publishing, 2014. – S. 152. – ISBN 978-3-659-51691-7
  4. Vo Vsesoyuznom komitete // Sovetskiy sport (gazeta). – 29 aprelya 1947, № 34. – s. 6.
  5. Po zaslugam i chest. V Den znaniy v Voennom universitete otkrita pamyatnaya doska pervomu nachalniku VIIYa // Krasnaya zvezda, 4 sentyabrya 2019.