Nikolay Evert
Nikolay Apollonovich Evert (1878-yil 6-dekabr, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1915-yil 15-iyul, Avstriya-Vengriya imperiyasi) – rus harbiy qoʻmondoni, Birinchi jahon urushi qahramoni.
Nikolay Apollonovich Evert | |
---|---|
Tavalludi |
6-dekabr, 1878-yil Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
15-iyul, 1915-yil, (36 yosh) Avstriya-Vengriya imperiyasi |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi |
Unvoni | Polkovnik |
Biografiyasi
tahrirNikolay Apollonovich Evert – 1878-yil 6-dekabr kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida zodagon oilasida tugʻilgan. Uning otasi general-leytenant Apollon Yermolaevich Evert boʻlgan. Nikolay Evert 1889-yili Orenburg harbiy maktabini, 1901-yil esa Aleksandr nomidagi harbiy maktabni muvaffaqiyatli tamomladi.
1904-yil 20-noyabrda Nikolay Evertga leytenant unvoni berildi va Mirgorod qoʻshinlari tarkibiga qabul qilindi. U 1908-yil 10-oktyabrda kapitan unvonini olishga erishdi. 1909-yil 30-oktyabrda Kiyev harbiy bilim yurtiga kichik ofitser lavozimida ishlashni boshladi. 1911-yil 21-sentyabrda infanteriya generali lavozimiga tayinlandi. Nikolay Evert 1914-yil 15-iyulda 2-Kiyev harbiy bilim yurti komandirlarni tayyorlash guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan 1914-yil 26-oktyabrda podpolkovnik unvonini oldi. Keyin esa, Rossiya Imperiyasidagi 138-harbiy batalyonga qoʻmondonlik qilish uchun yuborildi. U yerda Nikolay Evert askarlari bilan birgalikda Sempixovo-Boroviny qishlogʻini dushmanlarlardan saqlab qolishdi.
Vafoti
tahrir1915-yil 15-iyulda hozirgi Polsha davlati yaqinidagi Kamionka shaharchasi atrofidagi aholini dushman qoʻshini hujumidan asrab qolishga jang qilayotgan payt halok boʻldi.
Podpolkovnik Nikolay Evertning jasadi 26-iyul kuni Kiyevga yetkazildi. Kalachov va Gavrilov boshchiligidagi Kiyev harbiy maktabi oʻquvchilari Nikolay Evertning xotirasiga hurmat bajo keltirib, Askold qabriga dafn etishgan[1].
Mukofotlari
tahrirRossiya Imperatorining 1916-yil 1-martdagi buyrugʻi bilan 4-darajali Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ Kievlyanin, № 204. – 27 iyulya 1915 goda. – S. 3.
- ↑ „Эверт, Николай Аполлонович :: Документы о награждениях :: Первая мировая война :: Орден Святого Георгия“. gwar.mil.ru. 2022-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Эверт, Николай Аполлонович :: Убит. Именные списки потерь.“. Qaraldi: 8-sentabr 2023-yil.