Nishigō (Fukushima)
Nishigō (yaponcha: 西郷村 Nishigō-mura )Yaponiyaning Fukushima prefekturasida joylashgan qishloqdir. 1-mart, 2020-yil holatiga koʻra, qishloqda 7618 ta xonadonda 20351 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 110 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 192,06 kvadrat kilometrni (74,15 mi²) tashkil etadi[1].
Nishigō 西郷村 | |
---|---|
Qishloq | |
37°8′30.1″N 140°9′19.3″E / 37.141694°N 140.155361°E G OKoordinatalari: 37°8′30.1″N 140°9′19.3″E / 37.141694°N 140.155361°E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat | Tōhoku |
Tuman | Nishishirakawa tumani |
Prefektura | Fukushima prefekturasi |
Maydon | 192.06 km2 (74.15 mi²) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil 1-mart) |
20 351 |
Zichligi | 110 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0248-52-2111 |
|
Geografiyasi tahrir
Nishigō Abukuma daryosi vodiysining yuqori oqimida, janubi-markaziy Fukushima prefekturasida joylashgan boʻlib, janubda Tochigi prefekturasi bilan chegaradosh. Bu taxminan Tokiodan 185 km shimolda joylashgan.
- Togʻlar: Sanbonyaridake (1916,9 m)
- Daryolar: Abukuma daryosi
- Koʻllar: Nishigo toʻgʻoni, Akasaka toʻgʻoni
Qoʻshni munitsipalitetlar tahrir
- Fukushima prefekturasi
- Tochigi prefekturasi
Demografiyasi tahrir
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Nishigō aholisi soʻnggi 50 yil ichida koʻpaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 6,5 | — |
1930 | 7,059 | +8.6% |
1940 | 7,523 | +6.6% |
1950 | 11,438 | +52.0% |
1960 | 11,373 | −0.6% |
1970 | 10,454 | −8.1% |
1980 | 12,744 | +21.9% |
1990 | 16,194 | +27.1% |
2000 | 18,642 | +15.1% |
2010 | 19,767 | +6.0% |
2020 | 20,808 | +5.3% |
Iqlimi tahrir
Nishigō nam iqlimga ega. Nishigōda oʻrtacha yillik harorat 10.0 °C (50.0 °F),yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1,438 mm (56.6 in) ni tashkil qiladi, eng yomgʻirli oy esa sentyabr oyidir. Avgustda eng yuqori harorat 25.4 °C (77.7 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan 0.9 °C (33.6 °F) atrofida boʻladi[3].
Tarixi tahrir
Hozirgi Nishigō hududi qadimgi Mutsu viloyatining bir qismi edi. Bu hudud Edo davrida Shirakawa domenining bir qismi boʻlgan. Meydzi restavratsiyasidan soʻng, Iwaki provintsiyasining Nakadōri mintaqasidagi Nishishirakawa tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Nishigō qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti tahrir
Nishigō qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarishning aralash iqtisodiyotiga ega.
Taʼlim tizimi tahrir
Nishigōda beshta davlat boshlangʻich maktabi va qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi mavjud. Qishloqda oliy maktab yoʻq, ammo, Fukushima prefekturasi taʼlim kengashi bitta maxsus taʼlim maktabini boshqaradi.
- Nishigō birinchi oʻrta maktabi
- Nishigō ikkinchi oʻrta maktabi
- Kavatani oʻrta maktabi
- Odakura boshlangʻich maktabi
- Kumakura boshlangʻich maktabi
- Yone boshlangʻich maktabi,
- Habuto boshlangʻich maktabi
- Kawatani boshlangʻich maktabi
Transport tahrir
Temir yoʻllar tahrir
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Tōhoku Shinkansen
- Shin-Shirakawa
Magistral yoʻllar tahrir
- Tōhoku magistral linyasi — Shirakawa kesishuvi
- 4-milliy yoʻnalish
- 289-milliy yoʻnalish
Nishigōlik taniqli odamlar tahrir
- Fumihiro Suzuki, professional beysbolchi
- Toshiyuki Yanuki, professional beysbolchi
Manbalar tahrir
- ↑ Nishigō Village official statistics (Wayback Machine saytida 2018-05-11 sanasida arxivlangan)(yaponcha)
- ↑ Nishigō population statistics
- ↑ Nishigō climate data
Havolalar tahrir
- Rasmiy sayti (yaponcha)