Niyozbek yoʻli koʻchasi (Toshkent)

Niyozbek yoʻli koʻchasi — Yunusobod tumanining „Turon“ mahallasi, Mirzo Ulugʻbek tumanining „Amir Temur“ mahallasi hududida joylashgan. Toshkentning qadimgi koʻchalaridan biri. Amir Temur shohkoʻchasi va Qori-Niyoziy koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida.

Niyozbek yoʻli koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yunusobod
Mirzo Ulugʻbek
Uzunligi 1.5 km
Yaqin metro bekatlari Minor
Koʻchada joylashgan binolar Toshkent moliya instituti
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti

XIX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Shaharning Qashqar (Oqqoʻrgʻon) darvozasidan boshlanuvchi qadimgi karvon yoʻli oʻrnida vujudga kelgan. Oʻrta asrlarda Xoja Ahrorning vaqf erlariga qarashli boʻlgan Oqqoʻrgʻon qishlogʻining janubiy chekkasidan oʻtgan. Dastlab shahar tashqarisidagi Niyozbek qalʼasiga olib boriladigan asosiy yoʻl boʻlgani uchun Niyozbek koʻchasi nomi bilan yuritilgan. 1864-yil 15-oktabrda general Mixail Chernyaev boshliq chor Rossiyasi qoʻshinlari Toshkentga birinchi marta Niyozbek yoʻli orqali yaqinlashib, shaharning Qashqar darvozasiga hujum qilgan va magʻlubiyatga uchrab, Chimkentga chekingan. 1865-yil 29-aprel­da Chernyaev qoʻshinlari Toshkentni zabt etish uchun asosiy istehkom hisoblangan va Toshkentdan 27 km uzoqlikda joylashgan Niyozbek qalʼasini qoʻlga kiritgan. 9 may kuni Niyozbek yoʻlining Darxonotasoy va Salor arigʻi bilan kesishgan joyda Chernyaev qoʻshinlari bilan Qoʻqon xonligi lashkarbegi Alimqul qoʻmondonligidagi 7000 nafar Toshkent mudofaachilari oʻrtasida qattiq jang boʻlib oʻtgan. Alimqul ogʻir yaralanib halok boʻlgan. 1993-yil 30-iyunda joyning tarixiy nomi sifatida Niyozbek yoʻli nomi berilgan[1].

Yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, „Oʻzkommunxizmat“ va „Madad“ agentliklari, „Oʻzkommunloyiha“ intituti, Toshkent moliya instituti fakulteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya intituti, savdo majmualari, „Alp Jamol“ banki, xorijiy kompaniyalar, „Minor“ metro bekati, 43-maktab, Yunusobod tuman prokuraturasi bor. Koʻchadan Oqqoʻrgʻon arigʻi oʻtgan. Yaqinida Qirgʻizistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi, Kardiologiya markazi, Oloy bozori, Hamid Olimjon maydoni, Sergey Yesenin muzeyi, „Turon“ restorani, Yunusobod tuman ijtimoiy taʼminot boʻlimi, firma va kompaniya ofislari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.