Nizomiy maqbarasi
ozarb. Nizami məqbərəsi
maqbaraning tashqaridan koʻrish.
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Ganja
Meʼmor Farmon İmomquliyev
Qoʻrqmas Sijoddinov
Qurilish vaqti XIII asr (Birinchi bino)
1947-1991 (Hozirgi bino)
Uslubi Ozarbayjon meʼmorligi
Holati muzey
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olish
Manba nomeri 472
SSSR pochta markasi.

Nizomiy maqbarasi — buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tavallud topgan Ganja shahri yaqinida joylashgan. Maqbara 20 m balandlikda, silindr shaklida marmar  bino va atrofidagi park bilan birga taʼmirlangan. Maqbara yaqinida shoirning boqiy asarlarini tarannum etuvchi bronzadan yasalgan obida joylashgan.[1]

Maqbara tarixi tahrir

Nizomiy qabri ustida qadimdan oq ohak toshdan maqbara qurilgan edi. Ilk maqbara qurilishi XIII-XIV asrlarga tegishli deb taxmin qilinadi.[1]

Maqbara Oltin Arslon tomonidan Nizomiyga sovgʻa qilingan Hamdon — hozirgi Ahmadli qishlogʻi hududida va bu hududga mahalliy aholi hozir ham „Shayx tekisligi“, „Shix tekisligi“ deyishadi. „Shix tekisligi“da olib borilgan arxeologik qazilmalar shuni tasdiqlaydiki, bu hudud vaqtida Ganja shahrining faxriy xiyoboni boʻlgan. Bu yerda Shayx Nizomiyning maqbarasi atrofida Ganja shahrining boshqa mashhur shaxslarning ham maqbaralari boʻlgan. XIX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Kavkazda olib borgan mustamlakachilik siyosati natijasida Ganja xonligi tanazzulga uchragach, 1826-yilda „Shix tekisligi“da yuz bergan mashhur Yelizavetpol jangi vaqti maqbara jiddiy shikastlanadi va taʼmirlangani sababli xaroba holatiga kelib qolgan. XIX asr 40-yillarida butunlay vayron boʻlish xavfi ostida qolgan maqbaraning jiddiy taʼmirlash lozimligini koʻrgan Qorabogʻ xonligi tarixchisi Mirzabey Adigoʻzal XIX asr oʻrtalarida maqbarani taʼmirlatib, uning qulab tushgan gumbazi oʻrniga yangi gumbaz qurdiradi. Keyinchalik general Yodgorzoda tomonidan qayta qurilgan. XX asr boshlarida esa Adigoʻzal naslidan boʻlgan va Ganja politsiya boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan Ajdarbey Adigoʻzalov-Goraniy gumbazni taʼmirlatadi. Bundan keyin maqbara butunlay qarovsiz qolgani sababli vayron boʻladi. 1875-yilda Eron valiahdi Farhod Mirzo Qachar buyuk shoir ziyoratiga kelishi va maqbara holatini oʻzining „Yoʻl yoʻriqnomasi“ kitobida ham shunday tasvirlardi: „Biz yetti chaqirim yoʻl bosganimizdan soʻng uncha katta boʻlmagan gumbaz koʻrdik. Gumbazning yarmi vayron boʻlgan edi. Bu shayx Nizomiyning mozori edi. Bu yerdan Ganjaga yetti chaqirim qolgandi. Men shosha-shosha qabr tomonga ketdim. Faqat uning yaqinidagi post qoʻriqchilari gumbaz ustiga shunchalik koʻp oʻt yigʻgan edilarki, ichkariga kirishning imkoni boʻlmadi.“[1][2] 1879-yilda Makka ziyoratiga borgan Sayyid Azim Shirvoniy Nizomiy maqbarasini ziyorat qiladi va uning achinarli holatidan taʼsirlanib, mashhur ruboiysini oʻqiydi:

Ey Şeyx Nizami, ey nizamı dağılan,

Ey Gəncədə izzü – ehtişamı dağılan.

Olmayıbdır cahanda bir səninlə məntək,

Beyti, evi, məktəbi, kəlamı dağılan.


Ey, Shayx Nizomiy, ey nizomiy toʻkilgan,

Ey, Ganjada izzatu-ehtiromi toʻkilgan.

Boʻlmagan jahonda bir senla manimdek,

Bayti, uyi, maktabi, kalomi toʻkilgan.

1947-yilda shoirning mozori ustida tavalludining 750 yilligiga bagʻishlab obida barpo etildi. Maqbara 1990-1991-yillarda qaytadan qurildi. Nizomiy Ganjaviy maqbarasi kompleksiga qoʻriqxona maqomi berildi.[3]

Yana qarang tahrir

Xorijiy oʻtishlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Nizomiy maqbarasi, 2017-02-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-26
  2. Nizomiy Ganjaviy maqbarasi
  3. Ozarbayjon Milliy Kutobxonasi