No Son of Mine

Genesis guruhi singli (1991)

No Son of Mine“ (tarjimasi „Senday oʻgʻlim yoʻq“) — Genesis ingliz rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yilgi „We Can't Dance“ nomli 14-albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan.

„No Son of Mine“
„Genesis“ qoʻshigʻi
„We Can't Dance“ albomidan
B tomon „Living Forever“
Chiqarilgan sanasi 21-oktyabr, 1991-yil(1991-10-21)[1]
Studiya The Farm (Surrey, Angliya)
Davomiyligi
  • 4:41 (radio uchun versiya)
  • 6:41 (albom versiyasi)
  • 5:44 (1999-yilgi versiya)
Leybl
Bastakor(lar)
Lirik ijodkor(lar) Phil Collins
Prodyuser(lar)
Genesis xronologiyasi
„Throwing It All Away“
(1987)
No Son of Mine
(1991)
„I Can't Dance“
(1991)
Klipi
„No Son of Mine“ YouTubeda

Qoʻshiq Buyuk Britaniya singllar xit-paradida 6-, AQShning Billboard Hot 100 xit paradida esa 12-pogʻonagacha koʻtarilgan. Shuningdek, bir necha Yevropa davlatida eng yuqori oʻntalik safiga kirgan. Kanadaning RPM singllar xit-paradida besh hafta davomida birinchi pogʻonada turgan.

Qoʻshiqda uydagi zoʻravonlikdan qutilish uchun qochib ketgan oʻgʻil haqida hikoya qilinadi. Uyga qaytishga uringanida, otasi uni qabul qilmaydi. Guruh qoʻshiqchisi Phil Collins bergan intervyularida qoʻshiqda atayin qahramon yoki uning onasi zoʻravonlik qurboni ekanligi oshkor qilinmaganini aytgan.

Musiqasi tahrir

 
Genesis 2007-yilda „No Son of Mine“ qoʻshigʻini ijro etmoqda

Qoʻshiqning kirishidan oldin hamda ikkinchi bandidan oldin oʻziga xos ohang chalingan. Guruh „fil naʼrasi“ (inglizcha: elephantus) nomini bergan bu ohangni guruh aʼzosi Tony Banks yaratgan. Buning uchun Banks Mike Rutherford gitarasini sempler bilan yozib olib, klavishli asbob registrining quyi qismida uch notani chalgan. Qoʻshiq rasman eʼlon qilinishidan oldin guruh aʼzolari uni „Elephantus“ deb atagan[2].

Klipi tahrir

Qoʻshiq uchun sepia tonida melanxolik klip olingan. Klipda qoʻshiqda hikoya qilingan ota va oʻgʻil oʻrtasidagi janjal tasvirlangan. Yakuniy naqoratda uy boʻylab qor uchqunlari aylana boshlaydi. Pirovardida ota va oʻgʻil oʻrtasidagi tortishuv oʻgʻil qoʻlida tutgan qor sharida sodir boʻlayotgani tomoshabinga koʻrsatiladi.

Jamoa tahrir

Manbalar tahrir

  1. „New Releases: Singles“ (PDF). Music Week. 19–oktyabr 1991–yil. 19-bet. Qaraldi: 19–iyun 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Collins, Phil; Banks, Tony; Rutherford, Mike; Gabriel, Peter; Hackett, Steve. Genesis: Chapter & Verse. Macmillan, 2007 — 331 bet. ISBN 978-0-312-37956-8. 

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 26-may, 2022-yil(2022-05-26) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.