Nodir Jonuzoq, toʻliq ismi Nodirjon Jonuzoqovich Xolboʻtayev (1976-yil 14-mart, Bulungʻur, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) — shoir, muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, „Shuhrat“ medali hamda Doʻstlik ordeni sohibi.

Nodir Jonuzoq
Nodirjon Xolboʻtaev Jonuzoqovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-mart 1976-yil (1976-03-14) (48 yosh)
Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Kasbi shoir
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Nodir Jonuzoq 1976-yilning 14-mart kuni Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi „Sayiltepa“ fuqarolar yigʻiniga qarashli Sartyuzi qishlogʻida tugʻilgan. 1998-yili Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Faoliyati

tahrir

Nodir Jonuzoq 19981999-yillarda Turkiston va „Respublika“ gazetalari tahririyatida ishlagan. 19992012-yillarda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining „O‘zbekiston“ telekanalida katta muharrir, bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritgan. 20122015-yillarda  „Madaniyat va maʼrifat“ telekanalida bosh muharrir va direktor oʻrinbosari lavozimlarida mehnat qilgan. 20152018-yillarda Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi „Yoshlik“ jurnalida bosh muharrir sifatida xizmat qilgan. 2018 — 2019-yillarda Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2019 — 2022-yillarda Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan[1][2]. 2023-yil boshidan buyon Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari boʻlib ishlagan[3].2023-yil 22-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimiga tayinlangan[4][5][6][7][8][9][10][11][12].

Shoir kim? Sheʼr nima uchun yoziladi? Haqiqiy sheʼr qanday boʻlishi lozim? Bu savollarga oʻtgan yillar mobaynida koʻp javob izlaganman… Har gal javob topganday boʻlaman-u, biroz oʻtib, fikrimdan qoniqmayman… Harholda, sheʼr yozish shunchaki ermak ham, pand-nasihat yoki targʻibot quroli ham emas. Ijod — shoirning oʻziga ham boʻysunmaydigan favqulodda ziddiyatli jarayon. Bu holat osmonu-falakka oʻrlayotgan quyunga oʻxshaydi: shoirni bir lahza yuksakka olib chiqib, u bexabar boʻlgan ufqlarni koʻrsatadi.

— Nodir Jonuzoqning „Oʻzim haqimda“ badiasidan[13][14].

Nodir Jonuzoqning o‘quvchilik yillaridagi ilk ijodiy mashqlari „Bulung‘ur hayoti“ va „Zarafshon“ gazetalarida eʼlon qilingan. Talabalik paytida (1997) u respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari gʻolibi boʻlgan. „Tomchilar“ nomli ilk kitobi Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti tomonidan „Isteʼdod“ (1997) ruknida chop etilgan.

Nodir Jonuzoqning keyinchalik „Sizni sevar edim“, „Mehribonim“,  „So‘z chamani“ nomli sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Shoirning  „Oʻn yetti lahza“, „O‘zbek yo‘li“, „O‘zbekiston“, „So‘z“ kabi doston va manzumalarida xalqimizning ko‘p ming yillik shonli o‘tmishi, buyuk ajdodlarimizning matonati, istiqlol yillarida vatanimizda va yurtdoshlarimizning ong-shuurida ro‘y bergan yangilanishlar, ona tilimiz va so‘z oldidagi burch tuyg‘usi o‘ziga xos tarzda badiiy aks ettirilgan. Shuningdek, shoir ijodida ishq-muhabbat, mehr-oqibat, imon-eʼtiqod, qalb va ruh bedorligi kabi mavzular yetakchilik qiladi[15][16]. Shoirning sheʼrlari bir nechta tillarga tarjima qilingan[17].

Nodir Jonuzoq telejurnalist sifatida „Sheʼr va shuur“, „Yozuvchi va zamon“, „Yonimizdagi odam“, „Gap chiqdi“, „Shaxsiy fikr“, „Oq va qora“, „Hayot goʻzal!“, „Fikrat“ kabi ko‘rsatuv va tokshoularga muallif hamda boshlovchilik qilgan.

Tarjimon sifatida „Panda izidan“, „Bobbi“, „Tafakkur oʻyinlari“ singari chet el filmlarini hamda  A.Blok, Y.Yevtushenko, Yakub Kolas kabi taniqli shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga o‘girgan.

Maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy mavzulardagi maqolalari bilan matbuot sahifalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Nodir Jonuzoq „Shuhrat“ medali (2016) va Doʻstlik ordeni (2021) bilan mukofotlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Nodirjon Xolbo‘tayev O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi“. uzreport.news. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  2. „Nodir Jonuzoq Prezidentning maslahatchisiga o'rinbosar bo'ldi“. hordiq.uz. 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  3. „Nodir Jonuzoq yangi lavozimga tayinlandi“. xabar.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  4. Xushnudbek.uz Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanali.
  5. „Nodir Jonuzoq Davlat tili departamentiga mudir etib tayinlandi“. Kun.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  6. „Nodir Jonuzoq yangi lavozimga tayinlandi“. Qalampir.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  7. „Nodir Jonuzoqning lavozimi o‘zgardi“. Xabar.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  8. „Nodir Jonuzoq Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri etib tayinlandi“. Daryo.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  9. „Davlat tilini rivojlantirish departamentiga yangi mudir tayinlandi“. oz.sputniknews.uz.
  10. „Nodirjon Xolbo‘tayev Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri bo‘ldi“. gazeta.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  11. „Шоир Нодир Жонузоқ давлат тилини ривожлантиришга масъул бўлди“. Халқ сўзи. 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  12. „Назначен глава Департамента развития государственного языка“. uznews.uz. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  13. „Nodir Jonuzoq. She’rlar.“. Xurshid Davron kutubxonasi. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  14. „O’ZIM HAQIMDA“. ziyouz.com. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  15. „Nodir Jonuzoq Asarlari“. tafakkur.net. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.
  16. „Dilimiz ve Edebiyatımız“. edebi.net.
  17. „Надир Жанузак“. стихи.ру. Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.