Nodir devonbegi madrasasi (Samarqand)
Nodir devonbegi madrasasi (asl nomi: Nadr devonbegi madrasasi) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1630—31). Nodir devonbegi mablagʻiga qurilgan. Xoja Ahror xonakoxi yonida joylashganligidan baʼzan xalq orasida Xoja Ahror madrasasi hamda quyosh va sherlar tasviri tushirilgani uchun kichik Sherdor Madrasa nomi bilan ham yuritiladi. Nodir Devonbegi madrasasi (Samarqand)m. bir qavatli, hovlisining 2 tomonida ayvon, hujralar, masjid va darsxona joylashgan. Bosh tarzidagi peshtoq ayvon bezaklariga oʻzaro uygʻunlashtirib feruza, yashil va sariq ranglarda mayda va jimjima-dor naqshlar bilan nafis bezatilgan. Gumbaz osti toqi va bagallari bezagida ustaning ijodiy erkinligi koʻzga tashlanadi. A. Haqqulov boshchiligida taʼmirlangan (1980).[1]
Madrasa | |
Nodir devonbegi madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Manzil | Xoʻja Ahror Vali MFY |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Nodir devonbegi |
Homiylar | Nodir devonbegi |
Binokorlik | 1630-yil—1631-yil |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |