Norin soyligi
Ichki Tyanshandagi soylik
Norin soyligi — Ichki Tyanshandagi soylik (Qirgʻizistonda). Norin daryosining oʻrta oqimida. 1300– 3000 m balandlikda. Uzunligi 300 km, eni 50 km gacha. Norin daryosi oʻng so-hili oʻr-qirli yerlardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, deyarli qor yogʻmaydi, yozi salqin. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 15°, —18°, iyulniki 15—17°. Yillik yogʻin 200–300 mm. Tuprogʻi och-qoʻngʻir tuproq. Shoʻra-shuvoq va bo-shoqlilar oʻsadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |