Nur surasi (arabcha: سورة النور, nomining maʼnosi — Nur[8][9]) — Qurʼonning 24-surasi. Madaniy suralardan biri, 64 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 350–359[10]-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 102-boʻlib nozil boʻlgan.

Furqon    24–sura   Moʻminun
Nur surasi — سورة النور
Qurʼon nusxalaridan biridagi Nur surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 64, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 24, qora rangda - Nur surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 102, 3. Rukuʼsi soni - 9; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:24, 3. Nozil boʻlish tartibi:102, 4. Rukuʼsi:9, 5. Oyati:64, 6. Porasi (Juzi):18 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Nur[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 350–359[4]
Juz 18
Sura raqami 24
Oyatlar soni 64
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 9[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 102[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Furqon surasi  Keyingisi 24 Oldingisi  Moʻminun surasi
Nozil boʻlish tartibi
Haj surasi   Keyingisi 102 Oldingisi  Hashr surasi
                                   

Asosiy mavzusi tahrir

Suraning asosiy mavzusi Islomiy jamiyatdagi axloq-odob qonun-qoidalaridir. Unda musulmonlarning bir-birlari bilan oʻrnatishlari lozim boʻlgan munosabatlaridan tortib, islomiy oilalarning ichida barpo qilinishi zarur boʻlgan toza iqlim va pokiza muhit yoʻl-yoʻriqlarigacha batafsil bayon qilinadi.

Yana bu surada jamiyatni fisqu-fasoddan toza tutish, nasl-nasablarni aralashib ketishidan saqlash va insonlarni axloqiy tubanlikdan asrash uchun Alloh taolo farz qilib qoʻygan ayrim jazo choralari, jumladan zinokorlikka qarshi, tuhmatchilikka qarshi Islomiy jazo choralari ham zikr qilinadi. Va bu bilan Islom nazarida kishi uchun birovning molini nohaq olish qanday harom sanalsa, birovning or-nomusiga tegish yoki nohaq obroʻsini toʻkish ham shunday harom ekanligi uqtiriladi.

Suraning «Nur» deb nomlanishining sababi, birinchidan, undan Alloh yeru-osmonlarning nuri - asl ijodkori ekanligi xususidagi goʻzal oyati karimalar oʻrin olgani boʻlsa, ikkinchidan, bu surada insonlar baxtli, saodatli hayot kechirishlari uchun nur kabi zarur boʻlgan ilohiy ahkomlar mavjudligidir.

Manbalar tahrir

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Furqon surasi   24-sura — arabcha matni Oldingisi: Moʻminun surasi