Nurdinjon Ismoilov

Oʻzbek davlat arbobi
(Nuriddinjon Ismoilovdan yoʻnaltirildi)

Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilov (ruscha: Нуриддин Муйдинханович Исмоилов; 1959-yil, Namangan viloyati) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri (2015-yildan)[1].

Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilov
Нуриддин Мўйдинхонович Исмоилов
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri
Mansab davri
2015-yil 23-yanvardan
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Dilorom Toshmuhamedova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-yanvar 1959-yil (1959-01-20) (65 yosh)
Namangan, OʻzSSR, SSRI
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Ismoilov Nuriddin Mo‘ydinxanovich 1959-yili Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgаn. Millаti – o‘zbek. Mа’lumoti – oliy. 1980-yildа Toshkent Davlat universitetini tаmomlаgаn. Iхtisosligi – huquqshunos, yuridik fanlari nomzodi[2].

Mehnаt fаoliyatini 1980-yildа Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani prokuraturasining stajori sifatida boshlagan. 1981-1989-yillarda Chust tumanlararo prokurorining yordamchisi, Uchqo‘rg‘on tumanlararo prokurorining yordamchisi, Namangan viloyati prokurorining katta yordamchisi lavozimlarida ishlagan. 1985-1989-yillarda Uychi tumani prokurori, 1989-1995- yillarda Namangan viloyati Adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

1995- 2001-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, raisi[3], 2001- 2002-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar bo‘yicha ekspertlar guruhining rahbari, 2002-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sudhuquq masalalari qo‘mitasining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.[4][5]. 2001–2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida turli lavozimlarda ishlagan[6][7][8]. 2015-yil 12-yanvarda Qonunchilik palatasi spikeri etib saylangan[9].

Mukofotlari

tahrir

“Shuhrat” medali, “Do‘stlik“ va “Mehnat shuhrati“ ordenlari bilаn tаqdirlаngаn

Manbalar

tahrir