Nutriya, suv bobri (Myocastor coypus) — kemiruvchilar turkumi, nutriyasimonlar oilasiga mansub hayvon. Oilaning yagona turi. Tanasining uz. 60 sm gacha, dumi 45 sm gacha, ogʻirligi 8 kg gacha. Orqa oyoqlarining deyarli barcha barmoqlarida suzgich parda boʻladi, quloqteshigi suvda bekilishi mumkin. Jan. Amerikaning tropik va subtropik mintaqalarida tarqalgan. Jan.-gʻarbiy Yevropa, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekiston jan.da akklimitizatsiya qilingan. Suvda va suv boʻyida yashaydi; yaxshi suzadi va shoʻngiydi. Kechasi va oqshomlari faol. Botqoq oʻsimliklari poyasidan in quradi, in qazishi ham mumkin. Bir yilda 2 marta 2-8 ta (odatda, 5 ta) koʻzi ochiq, yungli bola tugʻadi. Qimmatli moʻynasi va goʻshti uchun ovlanadi. Moʻynachilik fermalarida boqiladi. Har xil rangli moʻyna beruvchi zotlari chiqarilgan.[1]

Nutriya

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil