Oʻrdubodiy Muhammad Said
Oʻrdubodiy Muhammad Said (Mamed Hoji ogʻa oʻgʻli, 1872.24.3, Oʻrdubod – 1950.1.5, Boku) – ozarbayjon yozuvchisi va dramaturgi. Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1938). 1907— 11 -yillarda Eron inqilobida ishtirok etgan. Dastlabki sheʼriy toʻplamlari – „Begʻamlik“ (1906), „Vatan va ozodlik“ (1907). Mustabid tuzum va maʼrifatparvarlik gʻoyalari aks etgan „Ikki bolaning Yevropaga sayohati“ (1908), „Baxtsiz millioner“ (1904), „Tumanli Tabriz“ (1938—48), „Kurashuvchi shahar“ (1938), „Yashirin Boku“ (1940) romanlari muallifi. „Qilich va qalam“ romani (1—2 qism, 1946—48) ozarbayjon xalqining mashhur shoiri Nizomiy Ganjaviyga bagʻishlangan. Uning dramalari, opera va operetta librettolari ham bor („Koʻroʻtli“, 1939; „Nargiz“, 1938; „Qalb oʻgʻrilari“, 1938 va boshqalar). „Andalusning soʻnggi kunlari“ tarixiy dramasi (M.Uygʻur tarjimasi, 1919) „Turon“ teatrida, „Besh soʻmlik kelin“ komediyasi esa Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan.
Muhammad Said Oʻrdubodiy | |
---|---|
Tavalludi |
24-mart 1872-yil Oʻrdubod |
Vafoti |
1 – may, 1950 -yil Boku |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjon tili |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Janr | sheʼriyat, roman |
Adabiyotlar
tahrir- Qilich va qalam [I—2 qismlar], T., 1964.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |