Oʻktam Pratov (18-avgust 1934-yil, Xumson qishlogʻi, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston — 2017-yil[manba kerak]) — oʻzbek biolog olimi. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2001), biologiya fanlari doktori (1988), professor (1994). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1959). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika institutida kichik ilmiy xodim (1959—62, 1965— 68), aspirant (1962—65), katta ilmiy xodim (1968—85), direktor va sistematika laboratoriya mudiri (1985—93). 1995-yildan markaziy gerbariy laboratoriya mudiri. Liviya davlatida katta muhandis (1977—85), 1997-yildan Oʻzbekiston milliy universiteti botanika oʻquv-ilmiy markazi rahbari. Ilmiy tadqiqotlari Oʻrta Osiyo florasini oʻrganishga, undan oqilona foydalanish va muqofaza qilishga, ayrim yirik, murakkab oila va turkumlarni monografik tarzda oʻrga-nib, ularning filogeniyasini ishlab chiqishga oid. Pratov 20 dan ziyod yangi oʻsimlik turi, 20 seksiya va 1 ta tribani ilk bor fanga olib kirdi. 10-jiddli „Oʻrta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi“ (1972— 93), „Ruscha-oʻzbekcha botanika terminlari lugʻati“ (1963), „Oʻsimliklar aniqlagichi“ (1995) mualliflaridan. Pratov rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobning 2-nashri oʻzbek va rus tillarida chop etildi.


Adabiyotlar tahrir

  • Botanika [darslik] (hamkorlikda) Toshkent, 2003
  • Yuksak usimliklar sistematikasi (hamkorlikda), Toshkent, 2003
  • Oʻzbekiston begona oʻsimliklarining zamonaviy tizimi va bi-nar (qoʻsh) nomlari (hamkorlikda), Toshkent, 2003.