Koatalar
(Oʻrgimchaksimon maymunlardan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koatalar, oʻrgimchaksimon qora maymunlar (Ateles) — gajak dumli maymunlar oilasiga mansub maymunlar urugʻi. 4 turi bor. Tanasi 70 sm, dumi 90 sm cha, boshi kichkina, oyoqlari va barmoqlari ingichka, oldingi oyogʻi uzun, bosh barmogʻi boʻlmaydi, daraxt shoxlarini tutishga moslashgan. Janubiy va Markaziy Amerikadagi tropik oʻrmonlarda 10—12 tadan gala boʻlib yashaydi. Har yili bitta bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri — 140 kun. Mevalar, oʻsimlik kurtaklari, hasharotlar, qushlar tuxumi bilan oziqlanadi. Juda harakatchan. Oldingi oyoqlari va dumi yordamida daraxt shoxlarini tutib harakat qiladi. Oila yoki gala boʻlib yuradi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |