Oʻzbegim (Vohidov asari, 2006)
oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlar toʻplami (2006)
„Oʻzbegim“, toʻliq nomi Oʻzbegim: Sheʼrlar — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2006-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida kirill yozuvida 2 ming nusxada chop etilgan.[manba kerak]
Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2006 |
Sahifalar soni | 320 |
ISBN | ISBN 978-9943-07-001-1 |
Toʻplamga shoirning turli yillarda yozgan sheʼrlari, jumladan, „Kamtarlik haqida“, „Fuzuliy haykali qoshida“, „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Uchi tuguk dastroʻmol“, „Barcha shodlik senga boʻlsin“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Hozirgi yoshlar“, „Tirik sayyoralar“, „Inson“, „Yaxshidir achchiq haqiqat“, „Qumursqalar jangi“, „Nega yapon yuz yil yashar“ sheʼrlari, Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari hamda „Ruhlar isyoni“ dostonidan parchalar kiritilgan. .