Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi(kelgusida BQ) – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi bojxona maʼmuriyatchiligi soxasida vakolatli huquqni muhofaza etuvchi organ. Asosiy vazifalariga bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, tashqi savdo va trans-chegaraviy tovar aylanmasini statistikasini yuritish, kontrabandaga qarshi kurashish kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi
Qisqartma BQ
Turi Iqtisodiy, Huquqiy, Harbiy
Maqomi Qo‘mita
Shiori "Shaffoflik zamirida iqtisodiy xavfsizlik"
Ishga tushgan sanasi 1991 yil 24 oktyabr
Hududiy xizmati Oʻzbekiston
Qo‘mita raisi Mavlonov Akmalxuja
Ishchilar soni 4200 dan ortiq
Vebsayti customs.uz/uz
Til(lar)i Oʻzbek tili
Map

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qolga kiritgach, 1991-yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9 sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Boj tarifi toʻgʻrisida“, „Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida“gi Qonunlari, 1997-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi.

BQ maxsus belgilari

tahrir

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son qaroriga asosan BQ quydagi farqlash belgisi va bayrogʻi tasdiqlandi:

Tashkiliy tuzilishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasi

Raislar

tahrir
Rais Unvoni Xizmat davri
Uraimjon Abdugʻaniyev General-mayor 01.08.1992-18.01.1994
Sobit Olimboyev General-mayor 18.07.1994-15.07.1997
Oʻtkir Komilov General-mayor 11.07.1997-27.01.2000

15.01.2001-24.04.2002

Saidazim Oripov General-mayor 16.02.2000-17.01.2001
Ravshan Haydarov General-mayor 16.05.2002-30.11.2002
Botir Parpiyev General-leytenant 03.12.2002-17.02.2004
Bahodir Matlyubov General-leytenant 17.02.2004-05.01.2006
Sodirxon Nosirov General-mayor 05.01.2006-01.02.2011
Zohid Dusanov Polkovnik 01.02.2011-20.12.2016
Muidjon Tohiriy General-mayor 20.12.2016-13.02.2018
Murodjon Azimov General-mayor 13.02.2018-18.11.2021
Akmalxoʻja Mavlonov General-mayor 18.11.2021- h/v

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir