Oʻzbekiston pochta markalari roʻyxati (1994)

Oʻzbekistonnig 1994-yilgi pochta markalari Oʻzbekistonda amalda boʻlgan pochta aloqasi toʻlov belgisi hisoblanib, ular 1994-yilda „Oʻzbekiston pochtasi“ konserni tomonidan sotuvga chiqarilgandir.

1994-yilda „Tennis. Prezident kubogi“, „Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi“, „Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligining 3 yilligi“ turkumsiz markalari va „Muhammad Taragay Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi“ turkum pochta markalari chiqarilgan.

„Tennis. Prezident kubogi“ markasi

tahrir

„Tennis. Prezident kubogi“ blokli markasi Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilgan tennis boʻyicha Prezident kubogi bahslariga bagʻishlangan ilk marka. Markaning oʻzida Prezident kubogi emblemasi, blok maydonida esa raketka ushlab turgan tennischi tasvirlangan[1].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
1  (Mi #UZ 42)
 (Mi #UZ BL 3)

Tennis. Oʻzbekiston respublikasi tennis boʻyicha Prezident kubogi musobaqalari 500 soʻm 3-iyun 148 000 (m): ?
(pb): 92 x 67
Y. Gabzalilov [2][3]

„Gerb“ standart pochta markasi

tahrir

„Gerb“ standart pochta markasida bir rangda Oʻzbekiston gerbi tasvirlangan boʻlib, gerbning atrofi naqshlar bilan bezatilgan. Ushbu marka ofset usulida bosilgan, perforatsiyasi taroqsimon[4].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
2  (Mi #UZ 43) Oʻzbekiston gerbi 75 soʻm 12-iyun 16 000 000 18,5 x 26 Valentin Nikitin [5][6][7]

„Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi“ markasi

tahrir

„Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi“ markasi kuponli marka hisoblanadi. Markaning oʻzida Buxoro shahridagi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi hududida joylashgan Abdulazizxon xonaqohi tasvirlangan. Marka kuponida oʻzbek va ingliz tillarida „Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi“ deb yozilgan.

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
3  (Mi #UZ 44)
 (Mi #UZ 44Zf)

Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligiga bagʻishlangan kuponli marka 100 soʻm 1-avgust 205 000 hbt: 42 x 30
kb: 84 x 30
T. Karimov [5][6][8]

„Amir Temur yodgorligi. Toshkent“ markasi

tahrir

„Amir Temur yodgorligi. Toshkent“ deb nomlangan markada Toshkentdagi Amir Temur haykali tasvirlangan. Ushbu marka Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligining 3 yilligiga bagʻishlangan[9].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
4  (Mi #UZ 45) Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligining 3 yilligiga bagʻishlangan marka 20 tiyin 1-sentyabr 2 146 000 26 x 37 A. Umarov [5][6]

„Muhammad Taragay Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi“ turkumi

tahrir

„Muhammad Taragay Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi“ pochta markalari turkumida astronom, davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek (1394–1449) portreti, u qurdirgan madrasalar, rasadxona hamda Mirzo Ulugʻbekning Toshkentdagi haykali tasvirlangan. Ushbu markalar bir necha ranglarda ishlangan, Ofset usulida bosilgan. Bir varaqdagi markalar soni 36 ta[10].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
5  (Mi #UZ 46)
Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligiga bagʻishlangan kuponli marka. Unda Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi tasvirlangan. 30 tiyin 10-oktyabr 148 000 60 x 42 Y. Gabzalilov [6]
6  (Mi #UZ 47)
Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligiga bagʻishlangan kuponli marka. Unda Buxorodagi Ulugʻbek madrasasi tasvirlangan. 35 tiyin [6]
7  (Mi #UZ 48)
Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligiga bagʻishlangan kuponli marka. Unda Samarqanddagi Ulugʻbek rasadxonasi qoldiqlari va qadimgi astronomik anjomlar tasvirlangan. 40 tiyin [6]
8  (Mi #UZ 49) Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligiga bagʻishlangan marka. Unda Toshkentdagi Ulugʻbek haykali tasvirlangan. 45 tiyin 30 x 42 [6]
9  (Mi #UZ 50)
 (Mi #UZ BL 4)

Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligiga bagʻishlangan blokli marka. Unda Mirzo Ulugʻbek tasvirlangan. 60 tiyin 100 000 m: 30 x 42
pb: 69 x 91
[6][11]

Manbalar

tahrir
  1. „42.Pochta bloki "Tennis. Prezident kubogi"“. uz.post. UzPost. Qaraldi: 17-sentabr 2024-yil.
  2. „Tournament Emblem“. solbery.com. Qaraldi: 14-fevral 2024-yil.
  3. „Stamps“. colnect.com. Qaraldi: 14-fevral 2024-yil.
  4. „43. “Gerb” standart pochta markasi“. uz.post. UzPost. Qaraldi: 17-sentabr 2024-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Uzbekistan“. stampworld.com. Qaraldi: 14-fevral 2024-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 „Stamps“. colnect.com. Qaraldi: 14-fevral 2024-yil.
  7. „State Arms“. solbery.com. Qaraldi: 14-fevral 2024-yil.
  8. „Bakhouddin Nakshband Mosque, Bukhara XVI c.“. solbery.com. Qaraldi: 14-fevral 2024-yil.
  9. „45. “Toshkentdagi Amir Temur haykali” pochta markasi“. uz.post. UzPost. Qaraldi: 17-sentabr 2024-yil.
  10. „46"Muhammad Tarag`ay Ulug`bek"pochta markalari turkumi.“. uz.post. UzPost. Qaraldi: 17-sentabr 2024-yil.
  11. „Portrait of Ulugh Beg (Central Asian Ruler)“. solbery.com. Qaraldi: 15-fevral 2024-yil.

Havolalar

tahrir