Oʻzbekiston tengdir Oʻzbekistonga
Oʻzbekiston tengdir Oʻzbekistonga – internetda mashhur boʻlgan ibora. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiladigan darvoza yasovchi usta Hakimbek ismli yigit tomonidan aytilgani iddao qilinadi[1].
Matni
tahrirHazrati Dovud aytganlar
Ilm istab kezdim bu jahonni
Farovon qildim Oʻzbekistonni
Dunyoga teng qildim deganlar
Oʻzbekiston buyuk davlat
Oʻzbekistonni alishmasman
Boshqa jahonga
Oʻzbekiston tengdir
Oʻzbekistonga
Ommalashuvi
tahrir„Oʻzbekiston tengdir Oʻzbekistonga“ iborasi ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlganidan keyin koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi. Ushbu „sheʼr“ deb iddao qilinayotgan monologda muallif alkogol taʼsirida ekanini koʻrish mumkin. Bu holat jumla taʼsiridagi ironiyani oshirishga xizmat qilgan. Jumla, odatda, norozilik kayfiyatini ifodalab, mantiqsiz xatti-harakatlarga qarshilik yoki qoʻshilmaslik ifodasi oʻlaroq qoʻllangan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „“Er oʻzi nimaga kerak?”, “Dunyo sening togʻangmas”, “Oʻzbekiston tengdir Oʻzbekistonga!” – Internetdagi trend iboralar sharhi“. oyina.uz (2023-yil 25-mart). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.
- ↑ „Hazrati Dovud aytgan: O'zbekiston tengdir O'zbekistonga“. YouTube. Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.