Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi
Oʻzbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi Oʻzbekistonning Ukrainadagi rasmiy diplomatik vakolatxonasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina oʻrtasidagi munosabatlarni saqlash va rivojlantirish uchun masʼuldir.
Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi | |
---|---|
Akkreditatsiya qilingan mamlakat | Oʻzbekiston |
Mezbon mamlakat | Ukraina |
Manzili | Ukraina , 03150, m. Kiyev, Volodymirska koʻchasi 16-uy |
Elchi | Alisher Kurmanov |
Sayt | Elchixona veb sayti |
Elchixona tarixi
tahrirUkraina va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 14-avgustda oʻrnatilgan boʻlsa-da, 1991-yil 28-oktabrda Davlatlararo munosabatlar, doʻstlik va hamkorlik asoslari toʻgʻrisidagi shartnoma hamda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi protokol imzolangan. Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Toshkentda 1993-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyevda 1995-yilning aprel oyidan beri faoliyat koʻrsatmoqda.
Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchilari
tahrir- Alisher Aʼzamxoʻjayev (1995—1998)
- Shomansur Shohalilov (1998—2002)
- Ravshanbek Olimov (2003—2006)
- Ilhom Haydarov (2006—2009)
- Botir Yusupov (2009—2012)
- Alisher Abdualiyev (2012—2019)
- Bahodir Ibrohimov (2019—2020)
- Alisher Kurmanov (2020-yildan hozirgacha)[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Ukrainaning yangi elchisi Oʻzbekistondagi faoliyatini boshlaydi“ (2020-yil 1-iyul).
Havolalar
tahrirVikiomborda Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi haqida turkum mavjud |