Alisher Aʼzamxoʻjayev

oʻzbek davlat arbobi, diplomat

Alisher Anvarovich Aʼzamxoʻjaev (1957-yil 10-aprel, Toshkent) – oʻzbek diplomati. 2017-yildan Oʻzbekistonning Turkiya va Bolgariya Respublikalaridagi favqulodda va muxtor elchisi, 1995—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Muvaqqat ishlar vakili[1].

Alisher Anvarovich Aʼzamxoʻjayev
Fayl:Alisher Aʼzamxoʻjayev.jpg
 Oʻzbеkistоnning Turkiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2017-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ulfat Qodirov
 Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi
 
Mansab davri
1995-yildan – 1998-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Shomansur Shohalilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-aprel 1957-yil (1957-04-10) (67 yosh)
Toshkent

Biografiya tahrir

1957-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

1980–1982 – „Toshkentmebel“ ishlab chiqarish birlashmasi huquqshunosi, ustasi.

1982-yilda Toshkent shahar partiya komitetida ishlagan.

SSSR Oliy Kengashining oxirgi chaqiriq deputati, SSSR Oliy Kengashi Respublikalar Kengashining aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xalq deputati, faxriylar va yoshlar ishlari boʻyicha qoʻmitasi rahbari boʻlgan.

1995-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

1995-yildan 1998-yil noyabrigacha – Oʻzbekiston Respublikasining Kiyevdagi Muvaqqat ishlar vakili.

1998-yildan 2000-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari boshqarmasi boshligʻi.

2000-yildan 2012-yilgacha – „Crown Furniture LTD“ xorijiy korxonasi bosh direktori.

2012—2017 – „Omad yulduzi“ MChJ bosh direktori.

2017-yilning iyulidan sentabriga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2017-yil sentyabrdan – O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

2018-yildan – Oʻzbekiston Respublikasining Bolgariya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

Rus, ingliz va turk tilini yaxshi biladi.

Uylangan, toʻrt farzandi bor.

Manbalar tahrir