Ulfat Qodirov

oʻzbek diplomati

Ulfat Salohitdinovich Qodirov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2005—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi[1].

Ulfat Salohitdinovich Qodirov
 Oʻzbеkistоnning Turkiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2005-yildan – 2017-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Alisher Aʼzamxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-iyun 1959-yil (1959-06-30) (64 yosh)
Fargʻona

Biografiya tahrir

1959-yil 30-iyunda tugʻilgan. Fargʻona politexnika institutini va Butunittifoq yuridik universitetini tugatgan. Turk, ispan, rus tillarini biladi.

1984—1989-yillarda Farg‘ona politexnika instituti „Elektr tarmoqlari“ kafedrasi xodimi.

1989—1992 — Toshkent politexnika instituti xalqaro aloqalar bo‘limi inspektori.

1992—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar boʻlimida ikkinchi, birinchi kotib.

1997—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni konsultanti.

2000—2005 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi boshlig‘i.

2005—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2013—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Bolgariyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2013—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Ruminiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

Manbalar tahrir