Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, qisqartmasi — OPEK (inglizcha: OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries) — neft narxini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi. Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bogʻliq boʻlgan davlatlar aʼzo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi — dunyodagi neft narxlari ustidan nazorat olib borish.

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, OPEK (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) — neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksporta siyosatini muvofiklashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960-yilda Venesuela tashabbusi bilan Bagʻdod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela)da 1961-yilda qabul qilingan va keyinchalik koʻpgina oʻzgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. Aʼzo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Katar, Kuvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (2003).

20-asrning 80-yillari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining oʻsishi natijasida OPEKning taʼsiri keskin pasaydi. Hozirgi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda taʼsir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi — yiliga 2-marta chaqiriladigan konferensiya boʻlib, unda ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish strategiyasi va narxlar koʻrib chiqiladi va tasdiklanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan.[1]

OPEC — nodavlat tashkilot sifatida Bogʻdod dagi konferensiyada 10-14-sentabr 1960-yilda tashkil etilgan. Boshida tashkilot tarkibiga Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela kirishgan. Ushbu tashkilotga asos solgan besh davlat tarkibiga keyinchalik yana besh davlat kelib qoʻshildi bular : Qatar (1961), Indoneziya (1962), Liviya (1962), Birlashgan Arab Amirligi (1967), Jozoir (1969), Nigeriya (1971), Ekvador (1973—1992,2007), Gabon (1975—1994), Angola (2007).

OPEC davlatlari

Boshida OPEC bosh ofisi Jeneva (Shveysariya)da joylashgan edi, keyinchalik 1-sentabr 1965-yilda Vena (Avstriya) ga koʻchib oʻtdi.

OPEC ga aʼzo davlatlar 2/3 yaqin dunyo neft zahiralari ustidan nazorat olib borishadi. Ular ulushiga dunyo daromadlaring 40 % yoki dunyo nefti eksportining yarmi toʻgʻri keladi.

OPEC bosh ofisi — Vena

OPEC „Savati“ tahrir

OPEC „Savati“ (OPEC Reference Basket of crudes) atamasi rasmiy ravishda 1987-yil 1-yanvarda kiritilgan. 2005-yil iyun oyi oʻrtalarida „savat“ narhi neft qazib oluvchi davlatlar tomonidan qazib olininuvchi 11 turdagi neftlar narhlari oʻrtacha arifmetik koʻrsatkichi orqali aniqlanadi: Saharan Blend (Aljir), Minas (Indoneziya), Iran Heavy (Eron), Basra Light (Iroq), Kuwait Export (Quvayt), Es Sider (Liviya), Bonny Light (Nigeriya), Qatar Marine (Qatar), Arab Light (Saudiya Arabistoni), Murban (BAA) va BCF 17 (Venesuela)

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir