Olaqargʻa (Corvus comix) — chumchuqsimonlar turkumi, qargʻalar oilasiga mansub qush. Gavdasining uz. 44—56 sm. O.ning bosh, koʻkrak, dum va qanot patlari, tumshugʻi va oyoklari qora, qolgan qismi kulrang. Sharqiy Yevropa, Gʻarbiy Sibir, Kavkaz, Old Osiyo va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekiston hududida bahor, kuz va qish oylarida uchraydi. Oʻrmon va hiyobonlardagi daraxt va butalarga uya quradi. 4—5 dona tuxum qoʻyadi. Oʻsimlik urugʻlari, umurtqasizlar va mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Baʼzan qushlarning tuxumi va bolalarini yeb, tabiatga ziyon keltirishi mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil