Burunduqlar
(Olasichqonlardan yoʻnaltirildi)
Burunduqlar, olasichqonlar (Tamias) – kemiruvchilar turkumining tatinsimonlar oilasi urugʻi. Shimoliy yarim shardagi oʻrmonlarda tarqalgan. Bir necha turi maʼlum. Rossiyaning sharqiy qismidagi oʻrmonlarda Osiyo burundugʻi uchraydi. Tanasining uzunligi 14 sm, dumi 9 sm ga yaqin, orqa qismida beshta qora yoʻli boʻladi. Qishda uyquga ketadi, har yili bir marta (baʼzan 2 marta) 4–10 ta bola tugʻadi. Nina barglilar urugʻi, kengbargli daraxtlar bargi, kurtagi va mevasi bilan oziqlanadi, qishga 4 kg gacha oziq (asosan kedr yongʻogʻi) toʻplaydi. Burunduqlar lunjida oziq olib yuradigan xaltasi boʻladi. Oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligiga qisman ziyon keltiradi. Osiyo burunduqlari kana ensefalitining ikkinchi darajali tarqatuvchisi hisoblanadi.
Burunduqlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |