Oleg Pavlovich Bogdanov (26.03.1925- 6.11.2007) — sovet va oʻzbek zoologi, biologiya fanlari doktori, professor. Sovet Oʻrta Osiyosida gerpetologiya fanining asoschilaridan biri hisoblanadi.

Biografiyasi

tahrir

Ilmiy faoliyatini Samarqand davlat universitetida boshlagan. Keyinchalik esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida davom ettirgan.

Bogdanov Oleg Pavlovich keng zoologik tadqiqotlar ustida ilmiy izlanishlar olib borgan bo‘lib, uning tadqiqotlarida boʻgʻimoyoqlilardan tortib sutemizuvchilar, shu jumladan O‘rta Osiyo amfibiyasi, sudralib yuruvchi va qushlarigacha uchratish mumkin.

Ilmiy yutuqlari: Oʻrta Osiyoda birinchi bo‘lib ilon pitomnikini yaratgan, ilonlarni saqlash va koʻpaytirish usullari muallifi, ilon va chayonlardan zaharni xavfsiz olish yo‘llari hamda ko‘rshapalaklarning yangi turini kashf etgan. O‘zbekiston faunasining birinchi tavsifchisi. „Oʻzbekiston hayvonlari“, „Sudralib yuruvchilar ekologiyasi“, „Oʻzbekiston hayvonot dunyosi“, „Oʻzbekiston qoʻriqxonalari haqida“ va boshqa ko‘plab ilmiy ishlar muallifi. Olimning bu asarlari bir necha bor qayta nashr etilgan. Oleg Pavlovich Bogdanov ilmiy-ommabop kitoblar va bolalar uchun „Gerpetologning eslatmalari“ va „Kim Vov dedi?“ nomli asarlar yozgan.

Ilmiy faoliyati davomida yigirmadan ortiq fan nomzodligi va doktorlik ishlarini tayyorlagan. AQSH, Germaniya va Fransiya zoologlari va gerpetologlari ilmiy jamiyatlari aʼzosi boʻlgan.

Olim Toshkent (O‘zbekiston)dagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Xotira

tahrir

„Markaziy Osiyo flora va faunasini o‘rganishga qoʻshgan bebaho hissasi uchun“ ingichka barmoqli gekkonlar — Tenuidactylus bogdanovi[1]. turi olim nomi bilan atalgan.

Ilmiy ishlari

tahrir
  • Bogdanov O. P. Jivotnie Uzbekistana: (Pozvonochnie). Posobie dlya uchiteley sred. shkoli. — Tashkent: Sred. i vissh. shkola, 1961.
  • Bogdanov O. P. Presmikayuщiesya Turkmenii. Izd-vo Akademii nauk Turkmenskoy SSR, 1962.
  • Bogdanov O. P. Ekologiya presmikayuщixsya Sredney Azii. M.: Nauka, 1965.
  • Bogdanov O. P. Jivotnie Uzbekistana: (Pozvonochnie). Posobie dlya uchiteley. Per. so 2-go rus. ispr. i dop. izd. Tashkent: Ukituvchi, 1983.
  • Bogdanov O. P. Yaщeritsi Sredney Azii. Tashkent: Ukituvchi, 1986.
  • Bogdanov O. P. Redkie jivotnie Uzbekistana Tashkent, 1990.

Manbalar

tahrir
  1. R. A. Nazarov, N. A. Poyarkov. A Taxonomic Revision of the Genus Tenuidactylus Szczerbak et Golubev 1984 (Reptilia, Squamata, Gekkonidae) with a Description of a New Species from Central Asia // Зоологический журнал. — 2013. — Т. 92, вып. 11. — С. 1312–1332. — ISSN 0044-5134. — DOI:10.7868/S0044513413110093.

Havolalar

tahrir