Oleg Nikolaevich Mednyx (1966-yil 17-mart[1]) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchisi va yarim himoyachisi.

Oleg Mednix
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mednix Oleg Nikolayevich
Tavallud sanasi 17-mart 1966-yil (1966-03-17) (58 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR SSSR
Ampluasi hujumchi, yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982—1983 Sovet Ittifoqi Shahrixonchi 46 (8)
1983 Sovet Ittifoqi Paxtakor 0 (0)
1984—1985 Sovet Ittifoqi Neftchi 55 (11)
1986 Sovet Ittifoqi Zarafshon (Navoiy) 27 (8)
1989 Sovet Ittifoqi Neftchi (Kotovo) (JTJ)
1989—1990 Sovet Ittifoqi Neftchi (Fargʻona) 40 (5)
1991 Sovet Ittifoqi Drujba (Budyonnovsk) 30 (11)
1992 Rossiya Atommosh 23 (8)
1995 Qirgʻiziston AK-Maral 9 (3)
1995 Oʻzbekiston Atlaschi 3 (0)
1997—1998 Oʻzbekiston Temiryoʻlchi +1 (+0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi tahrir

Oleg 1982-yili „Shahrixonchi“ (Shahrixon) klubi tarkibida kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda debyut qilib, jamoa bilan ikki mavsum ikkinchi ligada oʻynagan. 1983-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida ham bitta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik ikkinchi ligada „Neftchi“ (Fargʻona) va „Zarafshon“ (Navoiy) klublarida toʻp surgan. 1989-yilda tanaffusdan soʻng yana kattalar musobaqasiga qaytib bir yarim mavsumni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻtkazgan.

1990-yillar boshida SSSR ikkinchi quyi ligasining „Drujba“ (Budyonnovsk), Rossiya birinchi ligasining „Atommash“ (Volgodonsk) jamoalarida oʻynagan.

Markaziy Osiyoga qaytganidan soʻng Qirgʻiziston oliy ligasida „Oq-Maral“ (Toʻqmoq), Oʻzbekiston oliy ligasida „Atlaschi“ (Margʻilon) safida toʻp surgan. 1997-yilda „Temiryoʻlchi“ tarkibida Oʻzbekiston birinchi ligasi gʻolibiga aylangan boʻlsa, keyingi yili ushbu klub safida oliy ligada bitta oʻyin oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Otasi Nikolay Vasilyevich (19381989) ham futbolchi boʻlgan, „Neftchi“ (Fargʻona) va boshqa bir qator klublarda oʻynagan. Keyinchalik murabbiylik faoliyati bilan shugʻullangan.

Manbalar tahrir

  1. Po dannim lichnoy stranichki v sotsseti, rodilsya 21 yanvarya 1966 v Fergane

Havolalar tahrir

  • Profil na sayte FootballFacts.ru