Oleg Mirniy
Toʻliq ism |
Oleg Pavlovich Mirniy | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan vaqti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
174 sm | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oleg Pavlovich Mirniy (1963-yil 8-aprel) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida toʻp surgan, rossiyalik futbol murabbiyi.
Faoliyati
tahrirKlub
tahrirOleg professional faoliyatini 1981-yilda Maykopning „Drujba“ jamoasida boshlagan. Uning Maykopdagi faoliyatida 1983-yilgacha oʻynagan va shu vaqt ichida 51 ta oʻyin oʻtkazgan. 1983-yil iyul oyida u Krasnodar oʻlkasining Kuban jamoasiga koʻchib oʻtdi[1]. Dastlabki mavsumida atigi 13 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi yili u 22 ta oʻyin oʻtkazdi va chempionatda 3 ta gol urdi va SSSR kubogida 1 ta oʻyin oʻtkazgan edi. 1985-yilda u „Kuban“ jamoasi tarkibida 36 ta oʻyinda maydonga tushib, ligada 1 ta gol va SSSR Kubogida 3 ta uchrashuvda oʻyin oʻtkazdi. 1986-yilda u Tyumenning „Geolog“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Olegning Tyumendagi faoliyatida ikki mavsum davomida 51 ta oʻyin oʻtkazdi va 5 ta gol urdi. 1988-yilda u oʻzining sobiq jamoasi Kuban klubiga qaytib keldi va oʻsha mavsumning oʻzida 41 ta oʻyinda qatnashdi, chempionatda raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi. Mamlakat kubogi baxslarida 2 ta oʻyin (1 ta gol) oʻtkazdi. Oleg uchun Kubandagi soʻnggi mavsumida ligada 40 ta oʻyin va Kubokda 1 ta uchrashuv oʻtkazdi. Hammasi boʻlib „Kuban“ jamoasi uchun u SSSR chempionatida[2] 152 ta oʻyin (6 ta gol urgan) va mamlakat kubogida 7 ta oʻyin (1 ta gol urgan) oʻtkazgan. 1990-yilda u „Lokomotiv Gorkiy“ jamoasiga oʻtdi va oʻsha mavsumning oʻzda 31 ta oʻyinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. 1991-yilgi mavsum Oleg uchun Ujgorodning „Zakarpattya“ klubida boshlandi, u aprelgacha[3] jamoas safida toʻp surdi va shu vaqt ichida 3 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyin maydan iyulgacha[4] Maykopning „Doʻstlik“ jamoasida oʻynab, 16 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi. Shundan soʻng avgust oyida[5] SSSR birinchi ligasidagi Oʻzbekiston jamoasi, Namanganning „Navbahor“klubi safiga kelib qoʻshildi va mavsumni shu yerda yakunladi. Oleg namanganliklar safida 20 ta uchrashuv oʻtkazib, 2 ta toʻp kiritgan. 1992-yilgi mavsumda Chelni shahrining „KAMAZ“ klubi tarkibida 31 ta oʻyin oʻtkazdi va 5 ta gol urdi. Buning natijasida jamoa bilan birgalikda Rossiya Birinchi ligasining markaziy zonasi gʻolibi boʻldi. Bu gʻoliblik Rossiya Premyer-ligasiga oʻtish huquqni berdi. Bundan tashqari, u Rossiya kubogida 3 ta uchrashuv oʻtkazdi va birinchi qur’asida 1 ta gol urdi. 1993-yilda, oʻzining soʻnggi professional mavsumida Rossiya Oliy ligasida debyut qildi. Chempionatda 2 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan soʻng oʻsha yilning may oyida[6] professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunladi. Lekin keyinchalik futbolni tugatmagan holda, havaskorlar darajasida, shu jumladan Kuban faxriylari jamoasida oʻynashda davom etdi[7].
Murabbiylik faoliyati
tahrirProfessional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, Oleg Mirniy murabbiylik bilan shugʻullangan, turli havaskor jamoalarda ishlagan[8]. 2007-yilning 22-mayidan[9] 2008-yil[10] ga qadar „Krasnodar-2000“ klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 2009-yilda Kuban yoshlar jamoasini boshqargan[11][12], 2010-yildan u yerda ikkinchi murabbiy[13] boʻlib ishlagan.
Yutuqlar
tahrir- KAMAZ
- Rossiya Birinchi ligasining „Markaziy“ zonasi gʻolibi (Oliy ligaga chiqish) (1): 1992-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Состав ФК «Кубань» в сезоне 1983 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ Vishtal V. P., Gaydashyov I. Yu., Ruban M. L., Yarovoy V. A. Istoriya kubanskogo futbola. — Krasnodar: Sovetskaya Kuban, 1997. S. 162.
- ↑ „Состав ФК «Закарпатье» в сезоне 1991 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Состав ФК «Дружба» в сезоне 1991 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Состав ФК «Новбахор» в сезоне 1991 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Состав ФК «КАМАЗ» в сезоне 1993 года“ (ru). klisf.info. 2013-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Ветераны «Кубани» — есть порох в пороховницах!“ (ru). yuga.ru (со ссылкой на газету «Вольная Кубань») (2002-yil 17-noyabr). 2013-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Олег Мирный: «Призовое место? Почему бы и нет!»“ (ru). aksport.ru (2007-yil 6-fevral). 2019-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Официальная заявка ФК «Краснодар-2000» на сезон 2007 года“ (ru). Официальный сайт ПФЛ. 2007-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Официальная заявка ФК «Краснодар-2000» на сезон 2008 года“ (ru). Официальный сайт ПФЛ. 2008-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Португальско-нигерийский колорит «Кубани»“ (ru). aksport.ru (2009-yil 13-yanvar). 2019-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „В тренерский штаб футбольного клуба «Кубань», который недавно возглавил румын Дан Петреску, войдут специалисты из Молдавии и Румынии“ (ru). gzt.ru (со ссылкой на «Советский спорт») (2010-yil 19-yanvar). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-yanvar.
- ↑ „Тренерский штаб молодёжного состава“ (ru). Официальный сайт ФК «Кубань». 2011-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-mart.